Egamberdiev Ilxom Pulatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kar`erlarda kon transport uskunalari ishonchliligini oshirish va texnik xizmat ko‘rsatishni resurstejamkor usullarini ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T240.
Ilmiy maslahatchi: Atakulov Lazizjon Nematovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi DSc.17/30.12.2019.T.06.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Galkin Vladimir Ivanovich, texnika fanlari doktori, professor; Kol`ga Anatoliy Dmitrievich, texnika fanlari doktori, professor; Toshov Javoxir Bo‘rievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kon mashinalari samaradorligini takomillashtirish, ulardan foydalanish va ishonchliligini oshirish uchun kar`erlarning kon-transport uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning resurstejamkor usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon uskunalari podshipnik tayanch tugunlaridagi radial tirqish o‘lchami o‘zgarishi ularning uzoq muddatlilik va tebranish parametri qiymatlariga bog‘liqligi isbotlangan;
kon mashinalarining texnik holatini tebranish parametrlari bo‘yicha baholash modeli va usuli ishlab chiqilgan;
kon uskunalarida an’anaviy usullar bilan erishib bo‘lmaydigan nuqsonlarni aniqlash yordamida tebranish diagnostikasi ma’lumotlarini tahlil qilish uslubi ishlab chiqilgan;
maxsus apparat va dasturiy ta’minot yordamida vibratsion signal parametrlari spektrini tahlil qilishga asoslangan spektrlarni yanada qayta ishlash imkonini beruvchi kon mashinalarining vibratsion monitoringi tizimi ishlab chiqilgan;
tebranish signallarining spektral xarakteristikalarini o‘lchash orqali kon mashinalarining umumlashtirilgan tebranish ko‘rsatkichlarini dinamik sifatini baholash usuli ishlab chiqilgan;
tebranish diagnostikasi tahlili asosida kon-transport uskunalarini ta’mirlash muddatlarini optimal rejalashtirish usullari to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kar`erlarda kon transport uskunalari ishonchliligini oshirish va texnik xizmat ko‘rsatishni resurstejamkor usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kon mashinalarini o‘rnatish va ta’mirlash sifatini nazorat qilish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Markaziy kon boshqarmasi Muruntov kar`erida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 17 fevraldagi 02-06-07/2062-son ma’lumotnomasi). Natijada, kon uskunalari zahirasini 12–14% ko‘paytirish, uning ishonchliligi va muammosiz ishlashini ta’minlash imkonini bergan;
kon uskunalari tayanch tugunlari texnik holatini vibromonitoring uchun vibratsion o‘lchovlarni bajarish usullari ««Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Markaziy kon boshqarmasi Muruntov kar`erida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 16 oktyabrdagi 02-06-07/10873-son ma’lumotnomasi). Natijada, kon uskunalari tayanch tugunlarining holati bashorat qilish, resursini 12–15%ga oshirish va uning to‘xtovsiz va halokatsiz ishlashini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish