Djuraev Rustam Umarxanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Uyurmali quvurlarni qo‘llab burg‘ilash uskunalarini energiya samarador ekspluatatsiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari, 04.00.15 – Geologik razvedka ishlari texnologiyasi va texnikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T369.
Ilmiy maslahatchilar: Merkulov Mixail Vasil`evich, texnika fanlari doktori, professor; Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi DSc.17/30.12.2019.T.06.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Stolpovskix Ivan Nikitovich, texnika fanlari doktori, professor; Neskoromnix Vyacheslav Vasil`evich, texnika fanlari doktori, professor; Shakirov Anvar Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jins parchalovchi asboblarning ishlashdagi harorat tartiblarini takomillashtirish va kompressor uskunalarining samaradorligini oshirish asosida skvajinalarni havo yordamida burg‘ilashning samarali energetik majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovutilgan havo haroratini kompressor hosil qiladigan turli bosimlarda hisoblash imkonini beradigan, eksperimental ma’lumotlarning tahlili asosida uyurmali sovutgichni sovuq havo oqimi haroratining kattaligi havo bosimiga analitik bog‘liqligi aniqlangan;
havo bosimiga bog‘liq holda skvajinani har qanday nuqtasida haroratni bashorat qilish va aniqlash imkonini beradigan, uyurmali quvurni qo‘llab skvajinani matematik modeli ishlab chiqilgan;
kompressor yuritmasining ikkilamchi energiya resurslarini utilizatsiya qilish qurilmasini qo‘llaganda, ichki yonuv dvigatelining tutun gazlari quvurida ejeksiyali soploni qo‘llash yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini berishi va yonilg‘i sarfining qiymati dvigatelga beriladigan yuklamaga qarab o‘zgarishi aniqlangan;
kompressorning energiya yo‘qotilishlarini kamaytirish va foydali ish koeffisientini oshirish imkonini beradigan, kompressor ichki yonuv dvigateli ikkilamchi energiya resurslarini utilizatsiya qilish uskunasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
skvajina tubida tozalovchi havo oqimi haroratini aniqlashni imkonini beruvchi, uyurmali quvurli burg‘ilash snaryadidan chiquvchi sovutuvchi havo oqimi temperaturasining kompressor hosil qiladigan havo bosimi va sarfiga bog‘liqligi aniqlangan;
an’anaviy burg‘ilash snaryadini va uyurmali sovutgichli burg‘ilash snaryadini qo‘llaganda turli o‘qli bosimlarda skvajina tubidagi haroratning o‘zgarishi aylanishlar soniga empirik bog‘liqligi aniqlangan;
skvajina tubida haroratni pasaytirish evaziga, burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish imkonini beruvchi uyurmali sovutkichli burg‘ilash snaryadining konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uyurmali quvurlarni qo‘llab burg‘ilash uskunalarini energiya samarador ekspluatatsiyasini ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ilash uskunasi kompressorining ichki yonuv dvigateli issiqligini utilizatsiya qilish qurilmasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Geologiya qidiruvi ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 19 avgustdagi 02-06-07/8762-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof muhitga issiqlik yo‘qotilishining kamayish va burg‘ilash uskunasining kompressori samaradorligini ortish imkonini bergan;
uyurmali sovutgichli burg‘ilash snaryadining yangi konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Geologiya qidiruvi ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 19 avgustdagi 02-06-07/8762-son ma’lumotnomasi). Natijada, skvajina tubida qulay harorat sharoitlarini yaratish va burg‘ilashning mexanik tezligini oshirish imkonini bergan;
uyurmali quvur «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Geologiya qidiruvi ekspedisiyasining Markaziy geologik qidiruv partiyasida amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 19 avgustdagi 02-06-07/8762-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompressorning ichki yonuv dvigateli yoqilg‘i sarfini 10% ga kamaytirish imkonini bergan.