Shoyimov Shohruh Shuhratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Charmni to‘ldirish uchun charm chiqindilaridan olinadigan yangi oqsil saqlovchi polimerlarning texnologiyasi”, 05.06.03 – Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T806.
Ilmiy rahbar:Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlapi doktopi, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Primqulov Maxmud Temurovich texnika fanlari doktori, professor;Mirzaev Nodir Baxodirovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi charm korxonalari chiqindilaridan gidroliz uslubi bilan oqsil ajratib olish, modifikatsiya qilish va ularni xrom charmlarni to‘ldirish texnologiyasida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy charmlarni fizik–mexanik xossalarini yaxshilovchi modifikatsiyalangan, plastifikatsiyalangan to‘ldiruvchi oqsil-polimerli kompozisiya yaratilgan; 
xrom birikmalarining eruvchanligi va degradatsiya darajasining yuqori bo‘lishi ishqorli kompozisiya konsentratsiyasiga bevosita bog‘liqligi asoslangan; 
dastlabki aralashmada akril kislotasi miqdorining ortishi bilan kollagen sopolimeri uning zanjirlari bilan to‘yinishi natijasida, graft sopolimeri hamda azeotropning hosil bo‘lishi isbotlangan; 
nativ, modifikatsiyalangan va plastifikatsiyalangan namunalari plenkalarini destruksiyasining ortishi struktur elementlari orasida molekulalararo o‘zaro ta’sirlashuvidan iboratligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Charm chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida, oqsil-polimerli kompozisiya olish va uni poyabzalning ustki qismi uchun charmlarni to‘ldirish texnologiyasida qo‘llashasosida:
oqsilli-polimer kompozisiyasi ishtirokida charmlarni to‘ldirish texnologiyasi «O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarida, jumladan “OSIYO-CHARM-FAYZ” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasining 2020 yil 9 iyundagiFB-9/1311-sonma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sharoitlarida poyabzalning ustki qismi uchun mo‘ljallangan charmlarni to‘ldirish uchun mahalliy xomashyodan oqsil-polimerli kompozisiya ishtirokida charmlarga ishlov berish imkoniyati yaratilgan; 
charmlarni oqsil-polimerli kompozisiya bilan to‘ldirish texnologiyasi «O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, jumladan “ULKAN-LAZIZ” MChJda joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” assotsiatsiyasining 2020 yil 9 iyundagi FB-9/1311-son ma’lumotnomasi). Natijada, poyabzalning ustki qismi uchun yirik shoxli mol teri xom-ashyosidan qora rangli tabiiy yuzali charmlar tayyorlanib, mustahkamlik chegarasi 11,3 % yuqori bo‘lgan mahsulot olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish