Xolmanov O‘tkir Uktam o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pechlarda intellektual boshqarish tizimi», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T711.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Maraximov Avazjon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat ishlab chiqarishining gaz yoquvchi pechlarida shisha eritish texnologik jarayonini avtomatik nazorat qilish va boshqarishning intellektual tizimlarini qurish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz yoquvchi pechlarda shisha eritish jarayonini issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik modeli ishlab chiqilgan;
gaz yoquvchi pechlarda yoqilg‘ini yoqish jarayoni tejamkorligini optimal boshqarish tizimi sintezlangan;
proporsional-integral-differensial rostlagichning sozlanmalari optimal parametrlarini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan;
shisha massasining reologik tavsiflarini tadqiq etish uchun dasturiy-apparatli majmua va pechni boshqarishning intellektual avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan, tadqiq etilgan va uni ishlashini sozlash amalga oshirilgan;
shisha eritish pechlari sohalaridagi gazli muhit tarkibini rostlash orqali yoqilg‘ini yonish jarayoni samaradorligini oshiruvchi usul taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gaz yoquvchi pechlarda shisha eritish texnologik jarayonini avtomatik nazorat qilish va boshqarishning intellektual tizimlarini qurish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish asosida:
gaz yoquvchi pechlarda shisha eritish jarayonini issiqlik balansi tenglamalari asosidagi matematik modeli“Oniks Toshkent” MChJda joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2020 yil 17 noyabrdagi 09/06-25-1650-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik me’yorlarga amal qilgan holda yoqilg‘ini yoqishda tejamkorlik ta’minlangan;
gaz yoquvchi pechlarda yoqilg‘ini yoqish jarayonini optimal boshqarish tizimi “Oniks Toshkent” MChJda joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2020 yil 17 noyabrdagi 09/06-25-1650-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaroqsiz mahsulotlar sonini kamaytirgan holda tayyor mahsulotni yuqori sifati ta’minlangan;
shisha eritish pechlarini boshqarishni intellektual avtomatlashtirilgan tizimi uchun dasturiy-apparatli majmua “Oniks Toshkent” MChJda joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2020 yil 17 noyabrdagi 09/06-25-1650-son ma’lumotnomasi). Natijada, gaz yoqish pechlarining samaradorligi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish