Toshev Sherzod Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarning nosimmetrik qisqa tutashish rejimlarini tahlil qilish va modellashtirish», 05.05.02 –Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T276.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: KamolovTulagan Sirojiddinovich texnika fanlari doktori, professor; AripovNazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generator nosimmetrik qisqa tutashuv (bir faza, ikki faza, ikki faza nol) rejimlaridagi toklari, ochiq fazadagi o‘ta kuchlanishlarini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning differensial tenglamalari asosida nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning nosimmetrik qisqa tutashuv toklari va ochiq fazadagi o‘ta kuchlanishlarni hisoblash metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generator nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlarining imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlarini tadqiq qilish tajriba modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqlik almashinuv qurilmalarining quvurlarida lokal turbulizatorlarni o‘rnatish hamda energiya tejamkor issiqlik almashinuv qurilmasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generator “Sirdaryo” IESda joriy etilgan (“O‘zbekenergo” AJning 2018 yil 15 oktyabrdagi RM-01-21/5509-son ma’lumotnomasi). Natijada, 26 499 350 so‘m iqtisodiy samaradorlikni olish imkonini bergan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generator “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi”da joriy etilgan (“O‘zbekgidroenergo” AJning 2019 yil 26 iyundagi 04-05/1539-son ma’lumotnomasi). Natijada, 127 611 000 so‘m iqtisodiy samaradorlikni olish imkonini bergan;
ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorning nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlarini xisoblash usuli “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi”da joriy etilgan (“O‘zbekgidroenergo” AJning 2019 yil 26 iyundagi 04-05/1539-son ma’lumotnomasi). Natijada, 31 902 750 so‘m iqtisodiy samaradorlikni olish imkonini bergan.