Valieva Feruza Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mutaxassis tayyorlash jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashning metodik asoslari (Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi misolida)”,13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped523.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Shaxnoza Abrorovna,pedagogika fanlari doktori,professor.
Yetakchitashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda umumkasbiy, ixtisoslik va maxsus fanlar uzviyligini ta’minlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlashning tashkiliy funksional komponentlari (motivatsion, mazmuniy, o‘quv-jarayoniy) va kasbiy kompetensiyalari (umumiy kompetensiyalar, texnologik kompetensiyalar) mazmuni klasterli yondashuv asosida takomillashtirilgan;
mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi umumkasbiy, ixtisoslik va maxsus fanlar uzviyligini ta’minlash orqali (ta’limiy, integrativ) belgilash va metodik ishlanmalar (Cooperations, Level training, Project, Cluster)  yaratish asosida takomillashtirilgan; 
uzluksiz kasbiy ta’lim (Horizontal, Vertical) tizimida uzviylikni ta’minlashning didaktik ta’minoti mutaxassislar kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari (tashkiliy-boshqaruv, psixologik-pedagogik, axborot-metodik)ni aniqlashtirish orqali optimallashtirilgan;
“Kollej-OTM” tizimida umumkasbiy va ixtisoslik fanlararo uzviylikni ta’minlash orqali kasbiy tayyorgarlikni baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv) maxsus kurs dasturini ishlab chiqish natijasida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mutaxassis tayyorlash jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashning metodik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
kasb-hunar ta’lim mazmunida uzviylikni ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish orqali “Kollej-OTM” tizimida ta’lim uzluksizligi va uzviyligini ta’minlovchi vertikal integratsiya turlarini tizimlashtirishga doir tavsiyalardan ta’limda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga oid yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 89-03-2190-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar “Kollej-OTM” tizimida o‘qitishning uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
“Kollej-OTM” tizimida umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish uzviyligini ta’minlashga qaratilgan nazariy bilim hamda amaliy malakalar mazmunini takomillashtirish metodikasi asosidatayyorlangan “Professional va oliy ta’lim tizimida kasbiy bilimlar uzviyligini ta’minlashning metodik asoslari”  va “Ta’lim tizimida xalqaro tajribalar” uslubiy ta’minot asosida olingan natijalar AIF-2/20 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 89-03-2190-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining ehtiyojlari asosida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirish imkoni kengaygan.
“Kollej-OTM” tizimida mutaxassislar tayyorlash jarayonida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashda fanlararo aloqadorlikni ta’minlashga oid usullar va tavsiyalar kasb-hunar kollejining “Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)” yo‘nalishining “Yog‘-moy mahsulotlarini quyish va qadoqlash texnologiyasi”  hamda oliy ta’lim muassasasi “Oziq-ovqatlar texnologiyasi” yo‘nalishining “Yog‘-moy mahsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasi” o‘quv fanlari misolida uzviylikni ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik ta’minotini mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 89-03-2190-son ma’lumotnomasi). Ushbu maxsus kurs “Kollej-OTM” tizimida uzluksizlik va uzviylikni  ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish