Xakimov Akmaljon Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy sanoat chiqindilaridan foydalanib ko‘mirli briketlar olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1903. 
Ilmiy rahbar: Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Saidaxmedov Elyorbek Egamberdievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy sanoat chiqindilaridan foydalanib ko‘mirli briketlar olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘lovchi moddalar tanlanib, mahalliy Angren, Boysun, Shargun konlaridan qazib olingan ko‘mir mayda bo‘laklari xususiyatlarining briketlashga ta’siri aniqlangan;
meva chiqindilari va bog‘lovchi moddalardan foydalanib olingan briketning g‘ovakliligini oshirishi isbotlangan;
mahalliy ko‘mir mayda bo‘laklariga meva danak po‘chog‘i va turli biriktiruvchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan yuqori g‘ovakli briketlangan ko‘mir olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
takomillashtirilgan qurilmada yonuvchi xossaga ega bo‘lgan meva danagi chiqindisini qo‘shish va tanlagan biriktiruvchidan foydalangan holda yuqori g‘ovakli briketlangan ko‘mir olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori g‘ovakli ko‘mir briketlari olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bog‘lovchi modda sifatida spirt zavodi chiqindisi bug‘doy va arpa bardasi qo‘shib ko‘mir briket olish texnologiyasi «CLEAN MARKER» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 04-04/1-649-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilish orqali atrof-muhit ekologiyasini yaxshilash imkonini bergan;
mahalliy Angren ko‘mirlari mayda bo‘laklari yordamida briket olish texnologiyasi «Ekotibbiyot»XKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 04-04/1-649-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaroqsiz bo‘lgan ko‘mir mayda bo‘laklariga mahalliy sanoat chiqindilari yordamida briket olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish