Begniyazova Qumar Allambergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpog‘istonda internet yangi ommaviy axborot vositasi sifatida», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil912.
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Irnazarov Qudrat Tuganovich, tarix fanlari doktori, professor; Qalekeev Quuanishbay Jartibaevich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: internet jurnalistikasi Qoraqalpog‘istonda yangi fenomen sifatida namoyon bo‘lishini isbotlash, uning bosqichlarini ko‘rib chiqish, tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, tamoyillari va kategoriyalari timsolida tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston internet jurnalistikasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari maxsus “Step by step” kategoriyasi asosida o‘rganilgan hamda hududiy onlayn jurnalistikaning zamonaviy tendensiyalari an’anaviy medianing elektron ko‘rinishlariga ham transformatsiya bo‘lishi dalillangan;
internet jurnalistikasidagi matn kompozisiyasida X-Reality texnologiyalari qo‘llanilishi auditoriyani universal o‘quvchiga aylantirayotganligi ko‘rsatilgan, hududiy veb kontentlardagi materiallarning interaktivlik, gipermatnlik va mul`timedialik indekslari aniqlangan;
Qoraqalpog‘istondagi an’anaviy OAVda uzatilgan materiallar elektron gibridga transformatsiya qilinganda matn strukturasi bilan bog‘liq o‘zgarishlarga uchraganligi tahlil qilingan, internet OAV va ijtimoiy tarmoq tufayli yangi terminologiya va mini universal janr turlari vujudga kelishi, Qoraqalpog‘istonda an’anaviy media talablari o‘zgarganligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston internet jurnalistikasida “rewrite”, “copywriting” shakllari qo‘llanilishi natijasida matn, shakl va mazmun bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘layotganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpoq internet jurnalistikasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda internet yangi OAV ekanligi xususidagi dalillar va uning xususiyatlari, turli mavzularni yoritishda jurnalistik yondashuv va uslub imkoniyatlaridan www.kar24.uz saytida foydalanilgan (2019 yil 3 may № 1456-son diplom). Natijada ilmiy tadqiqotdagi talqinlar, nazariyalar  saytda joriy etilishi va amaliyotda qo‘llanilishi tufayli 2019 yil 3 may kuni kar24.uz sayti “Oltin qalam” XIV xalqaro milliy mukofoti internet jurnalistikasi bo‘yicha sovrinli 2-o‘ringa munosib, deb topilgan. Shuningdek, nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar kontentda asosiy manba sifatida qo‘llanilgan. 
internet OAV va ijtimoiy tarmoq tufayli yangi terminologiya va mini universal janr turlari vujudga kelishi bo‘yicha olingan tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan “Bugungi Orol dengizidagi ekologik holatni yumshatishda OAVning roli va ahamiyati” (2019 yil 28 yanvar`), “Jamoatchilik bilan aloqalar: muammolar va kelgusi vazifalar” (2019 yil 12 mart), “Qoraqalpog‘istonda davlat tashkilotlarining matbuot xizmati faoliyati” (2019 yil 9 aprel`), “Yoshlar va beshta ustuvor vazifa” (2019 yil 29 avgust) mavzularidagi anjumanlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020 yil 7 noyabr`, №08-04/18-11/1811-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot ishining xulosalariga muvofiq anjuman ishtirokchilariga bir qator yangi takliflar taqdim etilgan va amaliyotda faoliyat yuritadigan onlayn jurnalistlari uchun ular uslubiy ko‘rsatmalar vazifasini bajargan. Natijada ilmiy ishdagi nazariy konsepsiyalar amaliyotda qo‘llanilgan;
qoraqalpoq internet jurnalistikasidagi zamonaviy tendensiyalar, uning bugungi qiyofasi va muammolariga doir ilmiy-nazariy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan bir qator uslubiy va amaliy seminarlarda ma’ruza sifatida tinglanib, respublika veb-saytlari faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jurnalistlar uyushmasining 2019 yil 6 dekabr`, 61-son ma’lumotnomasi). Natijada internet nashrlari faoliyatida ilmiy tadqiqotdagi ushbu talqinlar asosiy manba sifatida qo‘llanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish