Qarshiev Baxtiyor Egamqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda mediata’limning o‘rni», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ss126.
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Il`yasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Qo‘chqorov Vaxob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga samarali ta’sir etuvchi mediata’limning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning siyosiy jarayonlarga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot oqimiga boy hozirgi davrda siyosiy jarayonlar fuqarolar tamonidan erkin qabul qilinib, ongli tahlil qilinishi asosida ularning monupulyativ ta’sirini, qo‘llash mexanizmlarini, siyosiy manfaatlarini va oqibatlarini seleksiyalashtirish (sog‘lom anglash, g‘oyani saralash) jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar ekanligi ilmiy asoslangan;
siyosiy xavfsizligi ta’minlangan va barqaror taraqqiy etayotgan mamlakatlarning samarali tajribalari va empirik tahlillardan kelib chikib respublikamizda mediata’limni joriy kilish, ta’lim-tarbiya tizimini integratsiyalashtirish va unga fuqarolik jamiyati institutlarini ham jalb etgan holda uzluksiz kompleks yondashuvni shakllantirish lozimligi siyosiy identifikatsiya nuqtai nazaridan ochib berilgan;
jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda mediatizimning siyosiy kommunikatsiya va siyosiy texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shu bilan birga uning jamiyat hayotini beqarorlashtirishga yo‘naltirilgan turli xavf-xatarlarni aniqlashning on-line va off-line muloqot, o‘zaro tajriba almashish, motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv, forumlar, siyosiy platforma, intellektual karta, veb-kvest kabi siyosiy indikatorlari mavjudligi asoslangan;
O‘zbekiston yoshlarining siyosiy ongi va madaniyatiga media tarmoqlarning ta’sirini aniqlash maqsadida, doimiy ravishda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tizimli tahlil qilib borish hamda davlat siyosatining konseptual mazmuni va strategik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, siyosiy va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida mediata’limning intellektual, innovatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish ijtimoiy zarurat ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga samarali ta’sir etuvchi mediata’limning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning siyosiy jarayonlarga ta’sirini ochib berishga oid ishlab chiqilgan amaliy taklif va oilingan ilmiy natijalari asosida:
axborot oqimiga boy hozirgi davrda siyosiy jarayonlar fuqarolar tamonidan erkin qabul qilinib, ongli tahlil qilinishi asosida ularning monupulyativ ta’sirini, qo‘llash mexanizmlarini, siyosiy manfaatlarini va oqibatlarini seleksiyalashtirish (sog‘lom anglash, g‘oyani saralash) jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi muhim omillar ekanligiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Fazilatli avlod” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 22 noyabrdagi 02/07-1564-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar Markaz tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan boyishiga hamda yoshlarni tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
siyosiy xavfsizligi ta’minlangan va barqaror taraqqiy etayotgan mamlakatlarning samarali tajribalari va empirik tahlillardan kelib chiqib, respublikamizda mediata’limni joriy kilish, ta’lim-tarbiya tizimini integratsiyalashtirish va unga fuqarolik jamiyati institutlarini ham jalb etgan holda uzluksiz kompleks yondashuvni shakllantirish lozimligi siyosiy identifikatsiya nuqtai nazaridan ochib berilganligiga oid ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Baxtli bola ma’naviyati” va “Yosh ota-ona kitobi” nomli o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 22 noyabrdagi 02/07-1564-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar o‘quv qo‘llanmalarning nazariy jihatdan takomillashuviga katta hissa qo‘shgan;
jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda mediatizimning siyosiy kommunikatsiya va siyosiy texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shu bilan birga uning jamiyatda hayotini beqarorlashtirishga yo‘naltirilgan turli xavf-xatarlarni aniqlashning on-line va off-line muloqot, o‘zaro tajriba almashish, motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv, forumlar, siyosiy platforma, intellektual karta, veb-kvest kabi siyosiy indikatorlari mavjudligi bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalardan Respublika “Elektron hukumat markazi”da “Fuqarolik jamiyati” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika “Elektron hukumat markazining 2020 yil 1 iyundagi 1104/15-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markazda ushbu o‘quv qo‘llanmadagi ma’ruza matnlarida global axborot jamiyati sharoitida aholining axborotlardan foydalanish, tushunish, inson psixikasiga ta’sir qilinishini anglashga o‘rgatishga munosib hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston yoshlarining siyosiy ongi va madaniyatiga media tarmoqlarning ta’sirini aniqlash maqsadida, doimiy ravishda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tizimli tahlil qilib borish hamda davlat siyosatining konseptual mazmuni va strategik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, siyosiy va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida mediata’limning intellektual, innovatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish ijtimoiy zarurat ekanligiga doir ilmiy xulosalardan Respublika “Elektron hukumat markazi” tomonidan “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash mexanizmlari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika “Elektron hukumat markazining 2020 yil 1 iyundagi 1104/15-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar o‘quv qo‘llanmadagi jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda mediata’limning intellektual va innovatsion imkoniyatlaridan foydalanish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar ma’naviyati va madaniyatini media vositalari asosida ularda axborot madaniyatini shakllantirishga doir qismini takomillashtirishga xizmat qilgan.