Agabaev Sharaf Kurbanbay o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv jarayonida yoshlar siyosiy tolerantligi – jamiyat barqarorligining muhim omili sifatida», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Siyos21.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlar doktori (DSc); Nazarov Alisher Narimanovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatimizda yoshlar siyosiy tolerantligi shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda yangilanayotgan O‘zbekistonda tolerantlik ijtimoiy-siyosiy fenomeni rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hamjihatlik, o‘zaro hurmat, samarali ijtimoiy aloqalar kabi omillarga tayanadigan siyosiy tolerantlik fenomeni mamlakatda siyosiy barqarorlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlovchi muhim indikator ekanligi asoslangan;
mamlakatimizda yoshlar siyosiy tolerantligini rivojlantirish borasida faoliyat olib boruvchi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi (davlat+Yoshlar agentligi, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+nodavlat tashkilotlar kabi ko‘rinishlarda) ijtimoiy sherikchilikka asoslanishi lozimligi ochib berilgan;
tolerantlik madaniyatini shakllantirish yoshlarning buzg‘unchi g‘oyalar, «ommaviy madaniyat» va kriminogenlashuvining oldini oluvchi fenomenial hodisa sifatida e’tirof etilib, jamiyat taraqqiyotida kognitiv asos bo‘lib xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
siyosiy ijtimoiylashuvning genezisi va namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlashtirilgan hamda yoshlarda siyosiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, manfaatdorlik kabi xususiyatlar monitoringini olib borish mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy hayotimizni modernizatsiya va isloh qilishda tolerantlik omili, yoshlarda faol fuqarolik pozisiyasi va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
hamjihatlik, o‘zaro hurmat, samarali ijtimoiy aloqalar kabi omillarga tayanadigan siyosiy tolerantlik fenomeni mamlakatda siyosiy barqarorlik va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlovchi muhim indikator ekanligi, shuningdek, tolerantlik madaniyatini shakllantirish yoshlarning ma’naviyatsizligi, «ommaviy madaniyat» va boshqa turdagi buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olishdagi roliga doir ilmiy xulosalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 8-sinfi uchun yaratilgan “Tarbiya” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2020 yil 11 noyabrdagi 01/11-01/5-1298-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar markaz tomonidan tayyorlangan darslikning nazariy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
mamlakatimizda yoshlar siyosiy tolerantligini rivojlantirish borasida faoliyat olib boruvchi davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi (davlat+Yoshlar agentligi, davlat+jamoat tashkilotlari, davlat+nodavlat tashkilotlar kabi ko‘rinishlarda) ijtimoiy sherikchilikka asoslanishi lozimligiga oid xulosalardan bakalavriat barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i asosida nashr etilgan “Fuqarolik jamiyati” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 644-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyada ilgari surilgan xulosa va tavsiyalardan mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanish uning nazariy asoslarining kuchayishiga katta hissa qo‘shgan;
tolerantlik madaniyatini shakllantirish yoshlarning buzg‘unchi g‘oyalar, «ommaviy madaniyat» va kriminogenlashuvining oldini oluvchi fenomen sifatida e’tirof etilib, jamiyat taraqqiyotida kognitiv asos bo‘lib xizmat qilishiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘i asosida nashr etilgan “Fuqarolik jamiyati” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 644-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ushbu o‘quv qo‘llanmani nazariy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
siyosiy ijtimoiylashuvning genezisi va namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlashtirilgan hamda yoshlarda siyosiy faollik, vatanparvarlik, erkin fikrlash, o‘zligini anglash, manfaatdorlik kabi xususiyatlar monitoringini olib borish mezonlariga oid taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 8-sinfi uchun yaratilgan “Tarbiya” darsligini tayyorlashda foydalanilgan hamda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2020 yil 11 noyabrdagi 01/11-01/5-1298-son ma’lumotnomasi., O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining 2020 yil 18 martdagi 3-235-son ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy xulosalar hamda taklif va tavsiyalarning ushbu darslikka kiritilishi uning nazariy va amaliy jihatdan mukammal bo‘lishiga hizmat qilgan, Partiya tomonidan amalga oshirilgan «Mehr ulashaylik», «Mening birinchi saylovim» va «Yoshlarga qo‘mak» nomli loyihalarning samarali ijrosiga katta hissa qo‘shgan.