Pulotov Faxridin Sayfidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoramollarning bovikolyozi (Bovicolosis, epizootologiyasi, terapiya)», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.(PhD)/V12.
Ilmiy rahbar: Ro‘zimurodov Ahror Ro‘zimurodovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoramollarda bovikolyozning epizootologiyasini o‘rganish, ularni davolash va oldini olishda zamonaviy usullarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz tog‘ oldi chorvachilik xo‘jaliklaridagi qoramollarda ilk marotaba bovikolyozning epizootologik holati aniqlangan;
piretroid (arrivo, nurel-D, ektomin, sumi-al`fa, permetrin-10 va sipermetrin) preparatlarni qoramollarning bovikolyoziga qarshi terapevtik samarasi aniqlangan hamda ilk bor mahalliy preparatlar sinab ko‘rilib, tavsiya etilgan;
qoramollarning bovikolyoziga qarshi o‘tkazilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
qoramol bovikolyoziga qarshi zamonaviy davolash-profilaktika chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoramollarning bovikolyozi (Bovicolosis, epizootologiyasi, terapiya) bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Shoxli mollarning mallofagoz va sifunkulyatozlariga qarshi arrivo, ektomin, «D.FOS+P» insektisidlarini qo‘llash» (1999), «Permetrin-10 piretroidini chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga qarshi kurashda qo‘llanilishi» (2007), «Sipermetrinning 25 foizli konsentrat emul`siyasini chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga qarshi kurashda qo‘llanilishi» (2008), «Mahalliy sipermetrinning parazitoz va tabiiy o‘choqli kasalliklarga qarshi kurashda qo‘llanilishi» (2010), «Mahalliy sumi-al`fa insektoakarisidining chorvachilikda ekto- va endoparazitlarga hamda xavfli transmissiv kasalliklarning “vektor” tarqatuvchilariga qarshi kurashda qo‘llanilishi» (2015) bo‘yicha tavsiyanomalar, «Yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot va tuyalar ektoparazitlariga qarshi kurashish to‘g‘risida» (2016) yo‘riqnoma tasdiqlanib, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Samarqand tumanlari chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollarning bovikolyoziga qarshi arrivoning - 0,02, ektominning - 0,1, nurel-D ning - 0,035, sumi-al`faning - 0,03, permetrinning - 0,05 va sipermetrinning - 0,025 foizli suvli emul`siyalari joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 02/23-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoramollarda bovikolyozni davolash va oldini olishga hamda sarflangan 1 so‘m xarajatga 14,4 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan;
«Mahalliy sipermetrin va permetrin-10 preparatlarining chorvachilikda parazitoz kasalliklarga qarshi kurashda qo‘llanilishi» bo‘yicha O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika Agentligi tomonidan mualliflik guvohnomasi (2007) va «Piretroidlar. Tabiiy o‘choqli transmissiv kasalliklar muxofazasi» nomli monografiya (2017) chop etilgan. Ushbu ishlab chiqilgan ilmiy echimlar asosida ilk bor mahalliy permetrinning - 0,06 va sipermetrinning 0,05 foizli kukunli insektisid shakllari qoramollarni bovikolyoziga qarshi Samarqand, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarining chorvachilik xo‘jaliklarida, dehqon-fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 02/23-312-son ma’lumotnomasi). Ushbu chora-tadbirlarni qo‘llash hisobiga qoramollarda bovikolyozni oldini olish imkoniyati yaratilgan.