Islamov G‘ulom Payzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyati hududlarida qoramol piroplazmidozlarining epizootologik holati va unga qarshi kurashning zamonaviy chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.(PhD)/V15.
Ilmiy rahbar: Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nurbek Ergashevich, veterinariya fanlari doktori; Qo‘ldoshev Otamurod O‘razovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining turli hududlarida qoramollarning piroplazmidozlarini epizootologiyasini o‘rganish, teylerioz, piroplazmoz, babeziozni davolash va profilaktika qilishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining turli hududlarida piroplazmidozlarning epizootologik holati, mavsumiy dinamikasi va kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning patogenlik xususiyatlari hamda kasallik tarqatuvchi kanalarning faunasi aniqlangan; 
tajribalarda mahalliy “Imisan” preparatining piroplazmoz va babeziozni davolashdagi samaradorligi tajribalarda isbotlangan;
tajribalarda mahalliy “Buporvalek” preparatining teyleriozni davolashdagi samaradorligi aniqlangan hamda veterinariya amaliyotiga joriy qilingan; 
qoramollarda teylerioz, piroplazmoz va babeziozni profilaktika qilishda “Imisan” preparatining samaradorligi yuqori ekanligi tajribalarda isbotlangan va amaliyotga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyati hududlarida qoramol piroplazmidozlarining epizootologik holati va unga qarshi kurashning zamonaviy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
«Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashish to‘g‘risida qo‘llanma» nomli qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 02/23-277-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollarning piroplazmidozlar bilan zararlanishining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
«Qoramollar qon-parazitar kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining zamonaviy uslub va vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 02/23-277-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash natijasida qoramollarning piroplazmidozlar bilan zararlanishi 94-95 foizga kamayishiga erishilgan;
Samarqand viloyati hududlarida qoramollar piroplazmidozlarini profilaktika qilishda imisan preparatini har 15 kunda bir  marta  qoramolning 100 kg tirik vazniga 3 ml dan teri ostiga qo‘llash tavsiya etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 iyuldagi 02/23-277-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar piroplazmidoz kasalliklariga qarshi imisan preparatini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, xarajatlar qoplami 5,4 so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish