Xudoyorov Sardor Sa’dullaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglerodli va legirlangan po‘latlarni mexanizatsiyalashgan payvandlash uchun mahalliy xomashyolar asosida eritib tayyorlanadigan flyuslarni ishlab chiqarish texnologiyasini va tarkibini takomillashtirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1431.
Ilmiy rahbar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mineral xomashyo bazasida payvand chokning quyma metalini yaxshilash maqsadida, mexanizatsiyalangan yoyli payvandlash uchun eritib tayyorlanadigan flyuslarning shlak asosini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritib tayyorlangan flyuslarning tarkibidagi oksidsizlantiruvchilar miqdorini optimallashtirish hisobiga avtomatik yoyli payvandlashda chok quyma metallining shakllanishi jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
mahalliy mineral xom ashyo bazasida SaO-MnO-SiO2 uch tomonli eruvchanlik diagrammasi asosida tanlangan hamda eritib tayyorlanadigan flyusning ishlab chiqilgan shlak asosi takomillashtirilgan;
avtomatik yoyli payvandlash uchun eritib tayyorlanadigan flyusni ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni mexanizatsiyalangan yoyli payvandlashda qo‘llaniladigan, payvandlash materiallarining potensial komponentlari bo‘lgan kaolin, dolomit, kvars qumlarining kimyoviy tarkibini o‘rganish asosida eritib tayyorlangan flyuslar tarkibi ishlab chiqilgan;  
avtomatik yoyli payvandlash uchun eritib tayyorlanadigan flyuslarning shixta komponentlarini klassifikatsion sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Payvand choklar xarakteristikasini oshirish maqsadida mahalliy xomashyolardan foydalanib eritib tayyorlanadigan flyuslarni tadqiq qilish va ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
eritib tayyorlangan flyuslarning tarkibidagi oksidsizlantiruvchilar miqdorini optimallashtirish hisobiga avtomatik yoyli payvandlashda chok quyma metalining shakllanishi jarayoniga ishlab chiqilgan matematik modeli MChJ QK “Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («O‘zmontajmaxsus qurilish» AJning 2020 yil 16 iyundagi 01-195/-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, payvand chokning quyma metalida kislorod miqdorini 8-10%ga kamaytirishga erishilgan;  
mahalliy mineral xomashyo bazasida SaO-MnO-SiO2 uch tomonli eruvchanlik diagrammasi asosida tanlangan, eritib tayyorlanadigan flyusning ishlab chiqilgan shlak asosi MChJ QK “Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («O‘zmontajmaxsus qurilish» AJning 2020 yil 16 iyundagi 01-195/-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, payvand birikmalarning mustahkamlik xususiyatlarining 10-12% ga oshishiga erishilgan; 
avtomatik yoyli payvandlash uchun eritib tayyorlanadigan flyusni ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi MChJ QK “Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan («O‘zmontajmaxsus qurilish» AJning 2020 yil 16 iyundagi 01-195/-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, payvand chokning quyma metalida vodorod miqdorining 14-16% ga kamayishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish