Beknazarov Hasan Soyibnazarovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yangi oligomer antioksidant va korroziya ingibitorlarini mahalliy xomashyolardan olish texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016./B2016.2.T107.

Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtar Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Ashurov Nigmat Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot, fosfor va oltingugurt tutgan oligomerlardan ko‘p funksiyali antioksidantlar, korroziya ingibitorlari olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gossipolning oligomer tarkibli hosilalari, polimetilendi(tio)-amidofosfatlar, epixlorgidrin bilan di(tio)amidofosfatlar oligomerlari va dimetiltereftalatning polietilenpoliamin bilan oligomerlari asosidagi organik kimyoviy qo‘shimchalarning fizik-kimyoviy xossalari va tuzilishi aniqlangan;

olingan N-, S- va P-saqlovchi oligomer ingibitorlarining polimer materiallar va metall mahsulotlarining fizik-kimyoviy va mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan;

gossipol asosida sintez qilingan oligomerli antioksidantlarni effektivligi fenol asosidagi ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan antioksidantlar bilan taqqoslangan va ularning sifat va miqdor ta’siri hamda kimyoviy bog‘lardagi farqlari asoslangan;

olingan oligomer tarkibli korroziya ingibitorlarining metallarda xlorid va sul`fid kislota muhitlaridagi ingibirlash xossalari aniqlangan;

metallarni korroziyadan himoyalovchi oligomer tarkibli korroziya ingibitorlarini hamda polimerlar barqarorligini oshirish uchun antioksidant mahsulotlarini olish texnologiyalari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Oligomer tarkibli antioksidantlar va korroziya ingibitorlarini olish va ularni sintez qilib olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

antioksidant xossasiga ega bo‘lgan oligomer stabilizatorni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04208, 2010). Mazkur ixtiroga patent yuqori samaraga ega bo‘lgan antioksidant olish imkonini beradi;

oligomer korroziya ingibitorini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 03969, 2009). Mazkur ixtiroga patent metallar korroziyasini oldini olish imkonini beradi;

zanglash oligomer ingibitorini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 03613, 2008). Mazkur ixtiroga patent metallarni zanglashdan va yuzasida tuzlarni yig‘ilishining oldini olish imkonini beradi;

ishlab chiqilgan oligomer antioksidantlar va korroziya ingibitorlari «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida polimer materiallarini barqarorligini oshirishda va suv aylanma sistemalarida korroziyaga qarshi joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2016 yil 10 maydagi 05-1522/M-son ma’lumotnomasi). Polimer kompoziyalarida qo‘llaniladigan ingridientni oligomer antioksidantga almashtirish va suv quvurlarini himoya qilish 7% ortishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish