Sharifov Shuhrat Saidahmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida resurslar samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt560.
Ilmiy rahbar: Qurolov Qobil Qulmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni tubdan isloh qilish  sharoitida maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida resurslar samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat unumdorligining o‘sishini mavjud resurslardan samarali foydalanish, jumladan, malakali mehnatni rag‘batlantirish, unga qo‘yiladigan talabni istiqbol talablari asosida uzluksiz takomillashtirish, imtiyozlarni eng maqbul tarzda tashkil etish kabilar asosida oshirish asoslab berilgan;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatbardoshligini yoshlarni kasbga yo‘naltirish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlarining uyg‘unligini ta’minlash asoslangan;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat resurslari bandligini ta’minlashga ta’sir etuvchi makro, mezo va mikrodarajalardagi ma’muriy, institutsional, iqtisodiy, ijtimoiy va demografik omillar guruhi bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilgan;
mintaqada maishiy xizmatlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini shakllantirish, rivojlantirish asosida xizmat turlarini kengaytirish va sohada mehnat resurslari bandligi darajasini oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida resurslar samaradorigini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida mehnat unumdorligining o‘sishini mavjud resurslardan samarali foydalanish, jumladan, malakali mehnatni rag‘batlantirish, unga qo‘yiladigan talabni istiqbol talablari asosida uzluksiz takomillashtirish, imtiyozlarni eng maqbul tarzda tashkil etish kabilar asosida oshirish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan hududiy rivoj-lanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 4 martdagi 01/00-02/08-2501-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat unumdorligi va mintaqalarda bandlik darajasini oshirish imkonini bergan;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi raqobatbardoshligini yoshlarni kasbga yo‘naltirish, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlarining uyg‘unligi asosida ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 4-martdagi 01/00-02/08-2501-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida bandlik darajasini oshirgan holda kadrlar salohiyati va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish imkonini bergan;
maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat resurslari bandligini ta’minlashga ta’sir etuvchi makro, mezo va mikrodarajalardagi ma’muriy, institutsional, iqtisodiy, ijtimoiy va demografik omillar guruhi bo‘yicha tasnifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan bandlik dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 4-martdagi 01/00-02/08-2501-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish va ish bilan bandlik dasturlarini bajarish samaradorligini 1,2 martaga oshirish imkonini bergan; 
mintaqada maishiy xizmatlarga bo‘lgan aholi ehtiyojini shakllantirish, rivojlantirish asosida xizmat turlarini kengaytirish va sohada mehnat resurslari bandligi darajasini oshirish bo‘yicha taklifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatida, jumladan, aholini ish bilan ta’minlash hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 4-martdagi 01/00-02/08-2501-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqalarda maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlarini ko‘rsatish hajmini muayyan darajada oshirish negizida ish bilan bandlik hududiy dasturlarining asoslangan darajasini ortishiga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish