Sayt test rejimida ishlamoqda

Sultanova Adolat Aminbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sonnat (zopiklon) dori vositasini kimyo toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Far54. 
Ilmiy rahbar: Usmanalieva Zumrad Uktamovna, farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilova Nilufar Shuxratillaevna, farmatsevtika fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sonnatni kimyo-toksikologik jihatdan tahlil qilish hamda biologik ob’ekt va biologik suyuqliklarga ishlab chiqilgan uslublar asosida uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud YuQX, UB-spektrofotometriya, TDSIS, YuSSX, GX-MS usullarining tahlil sharoitlari ishlab chiqilgan va xususiyligi asoslanib, kimyo-toksikologik ob’ektlardan sonnatni aniqlashda isbotlangan;
sud-kimyo ob’ektlaridagi sonnatning UB-spektrofotometriya, TDSIS, YuSSX usullarida miqdoriy tahlilning mo‘’tadil sharoitlari ishlab chiqilgan;
sonnatni suvli muhitdan organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalanishi va bu jarayonga rN muhit, erituvchilar tabiati, ekstraksiya soni kabi omillar aniqlangan;
sonnatni biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan ajratib olish usullari yaratilgan;
sonnatni zaharlangan laboratoriya hayvonlari ichki a’zolariga tarqalishi, to‘planishi aniqlangan;
sonnatni biologik ob’ektlarda saqlanishi hamda bu jarayonga ta’sir qiluvchi omillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sonnat (zopiklon) dori vositasining kimyo-toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Biologik ob’ekt va biologik suyuqliklardan sonnatni ajratib olish va tahlil qilish» (2.12.2019 y., №8n-d/293) uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazipligining 2020 yil 4 noyabrdagi 8n-z/139-son ma’lumotnomasi). Natijada, sonnat bilan zaharlanish holatlarida tezkor va to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;
sonnat dori vositasining kimyo-toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazipligining 2020 yil 4 noyabrdagi 8n-z/139-son ma’lumotnomasi). Natijada sonnat bilan zaharlanish ruy berganda sonnatni biologik ob’ektlar tarkibidan tezkor va aniq kimyo-toksikologik tahlilini amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish