Sayt test rejimida ishlamoqda

Botirov Burxon Bobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sopol chiqindilari asosida portlandsement klinkeri va kompozision bog‘lovchilarning samarador tarkiblari va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1705. 
Ilmiy rahbar: Begjanova Gulrux Baxtiyarovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Eminov Ashraf Mamurovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sopol chiqindilardan kompleks foydalanib portlandsement klinkeri va kompozision bog‘lovchilar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuproqli komponent sifatida sopol chiqindilaridan foydalangan xolda portlandsement klinkeri olish uchun xomashyo kompozisiyalarining tarkiblari ishlab chiqilgan;
«Maydalangan klinker-sopol sinig‘i-gips-suv» geterogen tizimni gidratlanish jarayonida yangi hosilalar paydo bo‘lishi va evolyusiya yo‘nalishini kuzatish orqali shakllangan sement kompozisiyasining «tarkib-tuzilish-xossa»si o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
tabiiy soz tuproqni (less) sopol chiqindilariga almashtirilganda xomashyo aralashmalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati oshishi isbotlangan, ularni kuydirishda minerallarning hosil bo‘lish jarayonining xususiyatlari aniqlangan; 
sopol chiqindilaridan foydalanilganda xomashyo kompozisiyasini kuydirish jarayonida klinker minerallarini an’anaviy tarkibdagi xomashyo aralashmalariga nisbatan past temperaturada hosil bo‘lishining tugallanishi asoslangan;  
klinkerning kimyoviy-mineralogik tarkibi va struktura tuzilishi aniqlangan, ular asosida olingan portlandsementning gidravlik faolligi PS400–D20 markaga mos kelishi isbotlangan; 
sopol siniqlarining sement uchun faol mineral qo‘shimcha sifatida yaroqliligi isbotlangan, ularning ishtirokida yuqori darajada to‘ldirilgan portlandsement kompozisiyalarining tarkibi va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
gidratlanish jarayonining fizik-kimyoviy xususiyatlari va sementlarning qotishida sun’iy konglomeratning mikrotuzilishi shakllanishi bilan sement kompozitining mustahkamligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sopol chiqindilaridan kompleks foydalangan xolda portlandsement klinkeri va kompozision bog‘lovchilarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Sementlar uchun qo‘shimchalar. Faol ma’danli qo‘shimchalar va to‘ldiruvchi qo‘shimchalar» texnikaviy shartlar O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan (ƠzDSt 901-98). Natijada, sement zavodlarida sopol siniqlaridan qo‘shimcha sifatida foydalanib, sement kompozisiyalarini ishlab chiqish imkonini bergan; 
sopol siniqlari qo‘shilgan kompozision sement ishlab chiqarish tarkibi «BAZIS»QK MChJda amaliyotga joriy etilgan («BAZIS»QK MChJning 2018 yil 27 sentyabardagi 157-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratda olinadigan qimmatbaho klinkerni tejash va kompozision qo‘shimchali portlandsementni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini bergan;
sopol siniqlarini klinker ishlab chiqarishda tuproqli xomashyo komponenti  va sementga faol mineral qo‘shimcha sifatida kompleks ishlatish texnologiyasi «Oxangaronsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («Oxangaronsement» AJning 2020 yil 7 avgustdagi 1-1/AGS-1414/20-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat miqyosida klinker ishlab chiqarishda tabiiy sorztuproqni va kompozision qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarishda qimmatbaho klinkerni tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish