Umirkulov Berdiyor Babaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini ta’minlash xarajatlari hisobini takomillashtirish”, 08.00.08–“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1242.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davlatboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsulot sifatini ta’minlash xarajatlarini hisobga olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsulot sifatini ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlar salmog‘ini tahlil qilish imkoniyatini yaratishda xarajatlarni 6730 – “Sifatga aloqador laboratoriya xodimlari uchun hisoblanadigan ish haqi” hamda 6540 – “Sifatga aloqador laboratoriya xodimlari uchun hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% ijtimoiy to‘lovlar” ishchi schetlarda hisobga olish taklif etilgan; 
buxgalteriya hisobida sifat bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishni tashkil etish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot kal`kulyasiyasida sifatni ta’minlash xarajatlarini alohida modda (punkt)larda ajratilgan holda aks ettirish asoslangan;
eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro ISO sifat standartlariga o‘tishda yuzaga keluvchi mahsulotni loyihalash xarajatlarini 9421 “Xalqaro standartlarni joriy etish xarajatlari” ishchi schetida hisobga olish taklif etilgan va bu orqali mahsulotni loyihalash usullari takomillashtirilgan; 
korxona hisob siyosatiga sifatni ta’minlash xarajatlarini hisobga olish tizimini kiritish asosida sifatni nazorat qilish tizimi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alkogol` ichimliklar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida mahsulot sifatini oshirishda yuzaga keluvchi xarajatlarni hisobga olish va uning nazoratini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
mahsulot sifatini ta’minlash uchun sarflanadigan xarajatlar salmog‘ini tahlil qilish imkoniyatini yaratishda xarajatlarni 6730 – “Sifatga aloqador laboratoriya xodimlari uchun hisoblanadigan ish haqi” hamda 6540 – “Sifatga aloqador laboratoriya xodimlari uchun hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% ijtimoiy to‘lovlar” ishchi schetlarda hisobga olish bo‘yicha taklifi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 16 martdagi 26-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 18 martdagi 02/266-son ma’lumotnomasi). Natijada, hisobchi xodimlar tomonidan sifatni ta’minlash xarajatlari bo‘yicha hisob ishlarini yuritish uslubi hamda sifatni nazorat qilish tizimi takomillashgan; 
buxgalteriya hisobida sifat bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olishni tashkil etish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot kal`kulyasiyasida sifatni ta’minlash xarajatlarini alohida modda (punkt)larda ajratilgan holda aks ettirish bo‘yicha taklifi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 16 martdagi 26-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 18 martdagi 02/266-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” AJning 2020 yil 16 martdagi 26-sonli buyrug‘i asosida buxgalteriya hisobida sifatni ta’minlash xarajatlarini hisobga olish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda mahsulotni loyihalash usullarini ishlab chiqish tizimi takomillashgan; 
eksport salohiyatini oshirish uchun xalqaro ISO sifat standartlariga o‘tishda yuzaga keluvchi mahsulotni loyihalash xarajatlarini 9421- “Xalqaro standartlarni joriy etish xarajatlari” ishchi schetida hisobga olish bo‘yicha taklifi “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 7 oktyabrdagi 98/b-buyrug‘i asosida mahsulotlarning optimal sifatini ta’minlash me’yor va shartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi 21-12-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yilning 9 oyida mahsulot eksporti hajmi 226,7 ming AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 122,3% yuqori ko‘rsatkichga erishilgan; 
korxona hisob siyosatiga sifatni ta’minlash xarajatlarini hisobga olish tizimini kiritish asosida sifatni nazorat qilish bo‘yicha taklifi “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 7 oktyabrdagi 98/b-buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJning 2019 yil 10 oktyabrdagi 21-12-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot sifatini yanada yaxshilash hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror  o‘sish sur’atlari ta’minlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish