Ruzmetov Ne’mat Kalandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus mashqlar majmuasi yordamida bolalarning muvozanat saqlash qobiliyatini shakllantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped460.
Ilmiy rahbar: Sharipov Allabergan Kamilovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSs.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedogogika fanlari doktori, professor; Xaydarov Baxtiyor Tojievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash asosida bolalarda muvozanat saqlash qobiliyatini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya darslarida muvozanat saqlash funksiyasini yaxshilashda qobiliyat turlarini tizimli yondashuv asosida rivojlantirish xususiyatlari (o‘zgaruvchan vaziyatlarda tabaqalashtirish va qayta qurish bo‘yicha) optimallashtirilgan;
umumta’lim maktabining 5-sinf bolalarida muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish uchun «GymTop» texnologiyasidan foydalanish ustuvorligi statik va dinamik muvozanatni rivojlantirish mexanizmi (statik saralangan mashqlar va dinamik muvozanat uchun saralangan mashqlar) asosida takomillashtirilgan;
muvozanatni shakllantirish uchun maxsus kompleks mashqlardan foydalanish uslubiyati vizual analizatorlar yordamida va analizatorlarsiz mashqlarni bajarish yondashuvlaridan foydalanish imkoniyatlarini tizimlashtirish asosida optimallashtirilgan;
bolalarda tana muvozanatini saqlash qobiliyatini shakllantiruvchi mashqlar va ularning me’yorlashtirilgan tartibi zarur choralar hamda usullarni takomillashtirish (oylik mashg‘ulotlarni aniq tavsif ko‘rsatgichlari) asosida foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta maktab yoshidagi bolalarning muvozanat saqlash qobiliyatini maxsus mashqlar majmuasi yordamida shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya darslarida 5-sinf bolalarining muvozanat saqlash funksiyasini namoyon qilish qobiliyatlarini maxsus mashqlar majmuasi yordamida turli xil darajalarini aniqlash yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, 11 yoshdagi bolalarning muvozanat saqlash qobiliyati o‘rtacha 8,4% ga oshgan;
umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilarida statik va dinamik muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish uchun «GymTop» trenajyoridan foydalanish mexanizmi yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, bolalarning jismoniy tarbiya darslariga bo‘lgan qiziqishi oshishiga va statik muvozanat saqlash qobiliyatining 12,2% ga hamda dinamik muvozanatning 10,4% ga yaxshilanishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan maxsus jismoniy mashqlar majmuasi jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov qismi tarkibiga kiritilib, bolalarning muvozanat saqlash qobiliyatini shakllantirish uslubiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, bolalar jismoniy tayyorgarligining 9,2% ga o‘sishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish asosida umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilarida muvozanat saqlash qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining vositalari va uslubiyati takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, jismoniy tarbiya dars jarayonida maxsus mashqlar majmuasidan yanada samaraliroq foydalanish imkoni paydo bo‘lgan va bolalarda muvozanat saqlash qobiliyatini shakllantirish darajasi o‘rtacha 15,4% ga o‘sgan.