Zaripova Farida Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “13-14 yoshli o‘smirlarning jismoniy  tayyorgarligini nazorat qilishning pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped453.
Ilmiy rahbar: Musaev Baxrom Baxtierovich, pedagogika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Olimov Muxsunbek Sotivoldievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya darslarida 13-14 yoshdagi o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasini pedagogik nazorat qilishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
13-14 yoshli o‘smirlarning jismoniy rivojlanish darajasi va tana tuzilishi turlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarligi darajasini pedagogik nazorat qilish tizimiga yangi (test o‘tkazishning zarur shart-sharoitlarini standartlash) qoidalarni kiritish asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
jismoniy tayyorgarlikning har xil darajalariga ega bo‘lgan o‘smirlarning jismoniy tayyorgarligi nuqtai nazaridan pedagogik test natijalarini baholash (torkal, mushakli, astenoid, digestiv turlari bo‘yicha) o‘lchovlarini ishlab chiqish asosida foydalanish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida 13-14 yoshdagi maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishini va jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat qilish ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda diagnostik, axborot va faollik bloklari ketma-ket bajariladigan harakatlarning algoritmini tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
13-14 yoshdagi maktab o‘quvchilarining kuch qobiliyatini rivojlantirish davrlari kartasi mushak chiniqishini sezuvchanlik darajalari va turlarini (krizli, kam yoki o‘rta sezuvchanlik, subkritik) tabaqalashtirish asosida takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
13–14 yoshli o‘smirlarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilishning pedagogik asoslarini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
13-14 yoshdagi maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasini e’tiborga olgan holda mashg‘ulot mashqlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar “Engil atletika” nomli o‘quv qo‘llama mazmuniga singdirilgan (O‘zbekston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-051 raqamli guvohnoma). Natijada, 13-14 yoshli o‘smirlarning harakatchanlik darajasi 13,2% ga oshgan; 
13-14 yoshdagi o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ko‘rsatkichlar rivojlanishining beshta (past, o‘rtadan past, o‘rta, o‘rtadan yuqori, yuqori) darajasini hisobga olgan holda tashkil etilgan mashqlar majmuasi Kanimex tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya darslari jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 14 iyundagi 03-08-08-245-son ma’lumotnomasi). Natijada, 13-14 yoshli o‘smirlarning harakatchanlik darajasi 12,3% ga oshgan; 
13-14 yoshdagi maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasini e’tiborga olgan holda mashg‘ulot mashqlari takomillashtirilib, Amudaryo tumanidagi 22 -sonli umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya darslari jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i, 418-051 raqamli guvohnoma). Natijada, 13-14 yoshli o‘smirlarning harakatchanlik darajasi 15,2% ga oshgan;
13-14 yoshdagi o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ko‘rsatkichlar rivojlanishining beshta (past, o‘rtadan past, o‘rta, o‘rtadan yuqori, yuqori) darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi Taxiatash tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya darslari jarayonlariga tadbiq etilgan va  olingan tahlillar asosida “Engil atletika” nomli o‘quv qo‘llama nashr qilingan (O‘zbekston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘i,  418-051 raqamli guvohnoma). Natijada, 13-14 yoshli o‘smirlarning harakatchanlik darajasi 11,7% ga oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish