Boltaev Abror Sayitmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’minot tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlil uslublarini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt115.
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019. I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Maqsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’minot tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlil uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’minot tashkilotlari hisob siyosatiga «Soliqqa tortish masalalari» bo‘limini hamda «Uslubiy masalalar» bo‘limiga material va tovarlarni hisobga olish tartibini kiritish orqali takomillashtirish asoslangan;
ta’minot tashkilotlarida tovarlarni tayyorlash va xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish va tannarxini aniqlash tartibini 1520 – «Tovarlarni tayyorlash va xarid qilish» ishchi schyotini kiritish asosida soddalashtirish taklif etilgan;
tovarlarni sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni tovarlar tannarxiga va boshqa chiqib ketish sabablari bo‘yicha davr xarajatlariga taqsimlash orqali kiritish asoslangan;
ta’minot tashkilotlarida sotish xarajatlari, yalpi foyda va sotish rentabelligi tahlilining uslubiy jihatlari omillaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’minot tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlil uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
ta’minot tashkilotlari hisob siyosatiga «Soliqqa tortish masalalari» bo‘limini hamda «Uslubiy masalalar» bo‘limiga material va tovarlarni hisobga olish tartibini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zagrokimyohimoya» AJning 10-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan («O‘zagrokimyohimoya» AJning 2020 yil 30 iyundagi 02-09/432-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hisob siyosatining tarkibiy tuzilishi mantiqan izchil shakllanishi va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha jihatlarini to‘liq qamrab olishi ta’minlangan. Har bir tarkibiy bo‘limda buxgalteriya hisobi ob’ektlarini hisobga olish tartibi ko‘rsatib berilgan. Bu esa, undan foydalanuvchi uchun oddiy va tushunarli bo‘lishini ta’minlagan. Shuningdek, buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish tartibi yaxshilangan;
ta’minot tashkilotlarida tovarlarni tayyorlash va xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish va tannarxini aniqlash tartibini 1520 – «Tovarlarni tayyorlash va xarid qilish» ishchi schyotini kiritish asosida soddalashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 21-son «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli BHMSga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan va «O‘zagrokimyohimoya» AJning 10-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 16 oktyabrdagi 06/17-01-37/389-2416-son va «O‘zagrokimyohimoya» AJning 2020 yil 30 iyundagi 02-09/432-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif tovarlarni omborga kirim qilish vaqtida ular tannarxini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha hisob-kitoblarga zarurat qoldirmaydi. Ya’ni, tovarlarning xarid qiymatidan tashqari, ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 1520-schyotda tasdiqlovchi hujjatlar asosida umumlashtirilganligi bois, ularni tovarlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash imkonini bergan;
tovarlarni sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni tovarlar tannarxiga va boshqa chiqib ketish sabablari bo‘yicha davr xarajatlariga taqsimlash orqali kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan 4-son «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan hamda 5233100 - «Agrosanoatda buxgalteriya hisobi» ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2020 yil 02 iyuldagi 31-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i, 1186-124 raqamli guvohnomasi). Mazkur taklif natijasida tovarlarni sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar asosida umumlashtirilib, ularni hisobot davri oxirida haqiqatda sotilgan tovarlar tannarxiga olib borish imkonini bergan;
ta’minot tashkilotlarida sotish xarajatlari, yalpi foyda va sotish rentabelligi tahlilining uslubiy jihatlari omillaridan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi 5230900-«Buxgalteriya hisobi va audit (agrar sektor bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi «Moliyaviy tahlil» fani bo‘yicha darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i,  418-257 raqamli guvohnoma ). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ta’minot tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tahlilining uslubiy jihatlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish