Latipov Sherxon Shuhratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektr energetika tizimining holatlarini, dastlabki ma’lumotlar ehtimolli va qisman noaniq bo‘lgan sharoitlarda optimallash», 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1448.
Ilmiy rahbar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor; Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tenglik va tengsizliklar ko‘rinishidagi holat va texnologik chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda, dastlabki ma’lumotlar ehtimolli va qisman noaniq bo‘lgan sharoitlarda elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli rejimlarini optimal rejalashtirish masalalarini hisoblashning usul va  algoritmlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli ish rejimlarini iste’molchilarning yuqlamalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarning ehtimolliligi sharoitida tenglik va tengsizliklar ko‘rinishidagi oddiy va funksional chegaraviy shartlarni hisobga olib optimal rejalashtirish algoritmi va dasturi ishlab chiqilgan;
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli ish rejimlarini iste’molchilarning yuklamalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarning qisman noaniqligi sharoitida chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda optimal rejalashtirish algoritmi va dasturi ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarning qisman noaniqligi sharoitida elektr energetika tizimlarining ish rejimlarini optimallashtirish masalalarini echishda foydalaniluvchi qo‘shimcha mezon ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarning qisman noaniqligi sharoitida elektr energetika tizimlarining ish rejimlarini barcha turdagi rejim va texnologik chegaraviy shartlarni e’tiborga olgan holda intervalli hisoblash usullari asosida optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
iste’molchilarning yuklamalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar ehtimolli va qisman noaniq bo‘lgan sharoitlarda elektr energetika tizimlarining ish rejimlarini chastota o‘zgarishini hisobga olgan holda optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli ish rejimlarini dastlabki ma’lumotlar ehtimolli va qisman noaniq bo‘lgan sharoitlarda chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar va algoritmlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli ish rejimlarini iste’molchilarning yuklamalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar ehtimolligi va qisman noaniqligi sharoitlarida tenglik va tengsizlik ko‘rinishidagi chegaraviy shartlarni hisobga olib optimallashtirish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Milliy dispetcherlik markazida sutkalik ish rejimini optimallashtirish uchun joriy qilingan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-02-06/3238-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir sutka davomida issiqlik elektr stansiyalaridagi shartli yoqilg‘i sarfini 15,8 tonnaga kamaytirishga erishilgan;
iste’molchilarning yuklamalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarning qisman noaniqligi sharoitida elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli ish rejimlarini chegaraviy shartlarni hisobga olgan holda optimal rejalashtirish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Milliy dispetcherlik markazida energetika tizimining qishki mavsumi  ish rejimlarini optimallashtirish uchun joriy qilingan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-02-06/3238-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishki mavsum davomida 1024,33 tonna shartli yoqilg‘ini tejashga erishilgan;
elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli ish rejimlarini iste’molchilarning yuklamalari bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarning ehtimolli va qisman noaniqligi sharoitlarida barcha chegaraviy shartlarni hisobga olib, qo‘shimcha mezondan foydalanish asosida optimallashtirish algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Milliy dispetcherlik markazida joriy etilgan («O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-02-06/3238-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik elektr stansiyalarida bir yilda yoqilg‘i sarfi xarajatlarini 215,72 mln. so‘m ga kamaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish