Sayt test rejimida ishlamoqda

Muxammedova Zarina Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizmni innovatsion rivojlantirishda investision resurslar iqtisodiy samaradorligini oshirish ”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2017.1.PhD/Iqt25.B2017.1. 
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.03/30.12.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar:Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchitashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizmni innovatsion rivojlantirishda investision resurslar iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“turizmda investisiya” tushunchasining ta’rifi turizm sohasi xo‘jalik sub’ektlari investision faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi tarixiy meros ob’ektlarining modernizatsiyasi bilan bog‘liq kapital mablag‘lari sarflarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan holda takomillashtirilgan;
turistik korxonalarda investisiya loyihalari samaradorligini baholash asosida ularning jozibadorligini oshirish va innovatsion-investision loyihalarni moliyalashtirishda daromadlilik indeksi va foydaning ichki me’yori ko‘rsatkichlarini qo‘llash taklif etilgan;
turizm sohasidagi xo‘jalik sub’ektlari innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari sohasida innovatsion jarayonlarni faollashtirish maqsadida mintaqaviy innovatsion markaz (MIM)larni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
turizm sohasi xo‘jalik sub’ektlariga investisiyalarni jalb etish orqali innovatsion turmahsulotlarni ishlab chiqish va  turistlarga taqdim etishni venchurli moliyalashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasiga jalb etilgan investision resurslar iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“turizmda investisiya” tushunchasi takomillashtirilgan ta’rifidan O‘zbekiston Respublikasi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2019 yil 20 martdagi 04/5-05-59-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi “turizmda investisiya” tushunchasi mohiyatini turistik ob’ektlarni modernizatsiya qilish asosida to‘laroq aks ettirishga xizmat qilgan;
turistik korxonalarda investisiya loyihalari samaradorligini baholash asosida ularning jozibadorligini oshirish va innovatsion-investision loyihalarni moliyalashtirishda daromadlilik indeksi va foydaning ichki me’yori ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi  03-16/1365-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik korxonalarda investisiya loyihalari samaradorligi 10-12 foizga oshishini ta’minlagan;
turizm sohasidagi xo‘jalik sub’ektlari innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va turizm xizmatlari sohasida innovatsion jarayonlarni faollashtirish maqsadida mintaqaviy innovatsion markaz (MIM)larni tashkil etish bo‘yicha taklifO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi 03-16/1365-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tadbiq etilishi mintaqada investision resurslar samaradorligini innovatsiyalarni joriy etish hisobidan oshirishga xizmat qilgan;
turizm sohasi xo‘jalik sub’ektlariga investisiyalarni jalb etish orqali innovatsion turmahsulotlarni ishlab chiqish va  turistlarga taqdim etishni venchurli moliyalashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 25 fevraldagi 03-16/1365-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida jami xizmatlar tarkibida innovatsion turmahsulotlar ulushi 20 foizgacha, turistik korxonalar oladigan daromad (foyda) 12 foizga oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish