Kasimova Ra’no Ibraximovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyali bemorlarda markaziy asab tizimi zararlanishi bilan kechadigan opportunistik infeksiyalarning klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxislash va davolashni optimallashtirish», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSs/Tib198.
Ilmiy maslahatchi: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy tekshirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gul`nara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dmitrachenko Tat`yana Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya).
Yetakchi tashkilot: Epidemiologiya markaziy ilmiy tadqiqot institutining OITSga qarshi kurashish va profilaktikasi bo‘yicha Federal ilmiy-uslubiy markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OIV-infeksiya bilan xastalangan bemorlarda markaziy asab tizimi shikastlanishi bilan opportunistik kasalliklarni erta tashxislash va  davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
odam immunitet tanqisligi virusi bilan zararlangan bemorlarda markaziy asab tizimining shikastlanishi sitomegalovirusli, kriptokokkli, toksoplazmali va gerpetik etiologiyali omillar bilan bog‘liqligi asoslangan;
sitomegalovirus infeksiyalari reaktivatsiyasini tashxislash uchun serologik va molekulyar genetik tekshirish usullarini tashxisiy qiymati isbotlangan;
odam immunitet tanqisligi virusi bilan zararlangan bemorlarda sitomegalovirus koinfeksiyasi va kriptokokk infeksiyasini uchrash soni va klinik namoyon bo‘lishi isbotlangan;
kriptokokkli infeksiya va sitomegalovirus infeksiyasining o‘ziga xosliklarini qiyosiy-tashxislash tartibi ishlab chiqilgan;
odam immunitet tanqisligi virusli ensefalopatiya, sitomegalovirus ensefaliti va kriptokokkli meningoensefalitni klinik-laborator namoyon bo‘lishi asoslangan;
ensefalitlar va sitomegalovirus infeksiya reaktivatsiyasini tashxislash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ortirilgan immunitet tanqisligi virus infeksiyali bemorlarda markaziy asab tizimi zararlanishi bilan kechadigan opportunistik infeksiyalarning klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxislash va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«OIV-infeksiyasida markaziy asab tizimi opportunistik infeksiyalarini tashxislash va davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 05 noyabrdagi 8n-z/142-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashxislash sifatini yaxshilanishi, etiotrop davolashni qo‘llash va markaziy asab tizimi shikastlanganda o‘lim bilan yakunlanish xolatlarini pasaytirishga olib kelishi erta tashxislashni axborotlash va oldini olishning samarali amalga oshirish imkonini bergan; 
«OIV bilan zararlangan bemorlarda sitomeglovirusli infeksiyani tashxislash va davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 05 noyabrdagi 8n-z/142-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tashxislash sifatini oshirishga, etiotrop davo xisobiga o‘lim xolatlarini pasaytirishga imkonini bergan; 
ortirilgan immunitet tanqisligi virus infeksiyali bemorlarda markaziy asab tizimi zararlanishi bilan kechadigan opportunistik infeksiyalarning klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxislash va davolashni optimallashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi ilmiy–amaliy tibbiyot markazi shifoxonasi va Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxasining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 05 noyabrdagi 8n-z/142-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ortirilgan immunitet tanqisligi virus infeksiyali bemorlarda markaziy asab tizimi zararlanishi bilan kechadigan opportunistik infeksiyalarning erta tashxislash va davolash tartibini optimallashtirishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish