Choriev Murod Shokirjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Hadya munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish: nazariya va amaliyot», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2019.3.DSc/Yu110.
Ilmiymaslahatchi: Ro‘ziev Rustam Jabborovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor; Topildiev Baxromjon Raximjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Toshev Boboqul Norkobilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchitashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida hadya munosabatlarini huquqiy tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrash, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektlari yo‘qotilsa, uning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tasarruf etilishi (masalan, meros qoldirilishi, hadya yoki oldi-sotdi qilinishi) lozimligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan;
belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ortiq bo‘lmagan summadagi oddiy sovg‘alardan tashqari hadyani ta’qiqilovchi qoida ishlab chiqilib, unda mansabdor shaxslar, shuningdek, davlat tashkiloti yoki boshqa tashkilotlarda boshqaruvchilik vazifasini bajarayotgan shaxslar uchun qiymati katta bo‘lmagan odatdagi sovg‘alardan tashqari hadya olish uning maqsadi, turi hamda qiymatidan qat’i nazar ta’qiqlanishi lozimligi asoslantirilgan;
moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdori bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘ziga qarashli bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ekti yo‘qotilsa, uning o‘rni to‘ldirib bo‘lmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olib, uni saqlab turish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib ketmasligini ta’minlash majburiyatini zimmasiga yuklagan holda boshqa shaxslarga meros qoldirishi yoki hadya qilishi mumkinligi, moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdori bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘ziga qarashli bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektini faqatgina tegishli davlat muassasalariga sotishi mumkinligini belgilash asoslab berilgan;
milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bo‘yicha oldi-sotdi yoki hadya bitimlari tuzilganda sotib oluvchi yoki hadya oluvchi ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan sotuvchi yoxud hadya qiluvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib ketmasligini ta’minlashi shartligi asoslantirilgan;
milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari vasiyat yoki qonunga binoan meros qilib olinganda merosxo‘r ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan meros qoldiruvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib ketmasligini ta’minlashi shartligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hadya munosabatlarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrash, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektlari yo‘qotilsa, uning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tasarruf etilishi lozimligi to‘g‘risidagi konseptual g‘oya va takliflar «Yurisprudensiya» yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Konstitutsiyaviy huquq» darsligi (XIV-bob 3-§. Fuqarolarning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrash majburiyati)da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-227 raqamli guvohnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi «Yurisprudensiya» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, fuqarolik huquqini qo‘llovchi amaliyot xodimlarining bilim va o‘quv ko‘nikmalarini rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
mualliflik yondashuvi asosida jinoyat va fuqarolik qonunlari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar oqibatida vujudga keluvchi tarmoqlararo huquqiy qarama-qarshiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolik va jinoyat qonunchiligi normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ortiq bo‘lmagan summadagi oddiy sovg‘alardan tashqari hadyani ta’qiqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan qoida asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi loyihasiga «Hadyani ta’qiqlash» to‘g‘risida norma kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2020 yil 22 iyundagi 1/3-2-8-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi huquq sohalari o‘rtasidagi tarmoqlararo qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga, fuqarolik va jinoyat qonunchiligi normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashga hamda hadya munosabatlarini fuqarolik huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdori bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘ziga qarashli bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ekti yo‘qotilsa uning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligini hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olib, uni saqlab turish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib ketmasligini ta’minlash majburiyatini zimmasiga yuklagan holda boshqa shaxslarga meros qoldirishi yoki hadya qilishi mumkinligi, moddiy madaniy meros ob’ektining mulkdori bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘ziga qarashli bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektini faqatgina tegishli davlat muassasalariga sotishi mumkinligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan 269-II-son «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 04/5-05-32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi jismoniy va yuridik shaxslar mulkida bo‘lgan madaniy meros ob’ektini meros qoldirish, hadya yoki oldi-sotdi qilishni aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari bo‘yicha oldi-sotdi yoki hadya bitimlari tuzilganda sotib oluvchi yoki hadya oluvchi ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan sotuvchi yoxud hadya qiluvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib ketmasligini ta’minlashi shartligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 12 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-177-son «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasi 1-qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 04/5-05-32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hadya va oldi-sotdi qilishni aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari vasiyat yoki qonunga binoan meros qilib olinganda merosxo‘r ushbu ashyolar va kolleksiyalarga nisbatan meros qoldiruvchida bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqib ketmasligini ta’minlashi shartligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 12 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-177-son «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasi 2-qismida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 04/5-05-32-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi milliy muzey fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini meros qoldirishni aniq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilgan.