Temirxanova Mutabar Jo‘raevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik mahsulotlar hisobi va tahlilining metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt192.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Ilmiy rahbar: Urazov Komiljon Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matilla Fatxullaevich,iqtisodiyot fanlari doktori; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Ziyod Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turistik mahsulotlar hisobi va tahlilining metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turoperatorlik faoliyatiga doir umumishlab chiqarish xarajatlarini hisoblangan ish haqi xarajatlariga mutanosib taqsimlash asosida turmahsulot tannarxiga kiritish hamda moliyaviy natijalarda aks ettirish asoslangan;
turistik mahsulotlar tannarxini turistrlarga ko‘rsatilgan xizmatlar turlari va turpaketlar sotish qiymatining tarkibiy elementlari bo‘yicha pul birligida hicob-kitoblarning yangi arifmetik qurilmasi (formulasi) ishlab chiqilgan;
turizmda operatsion va moliyaviy faoliyat turlari bo‘yicha axborotlarni umumlashtirishga qaratilgan moliyaviy natijalarni aniqlovchi ishchi cchyotlarni qo‘llash orqali ularni buxgalteriya hicobida akc ettirish uclubi takomillashtirilgan;
turizm korxonalarida samarali boshqaruv qarorlariniqabul qilish maqsadida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi segmentar hisobotning yangi shakli ishlab chiqilgan;
"Xarajatlar-maxsulot-foyda modeli" bo‘yicha turistik mahsulotlar zararsizligi hamda ularni tahlilida moliyaviy leverajni baholash tartibi “Direkt-kosting” va “Standart-kost” tizimlarida shakllantirilgan algoritmlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik mahsulotlar hisobi va tahlilining metodologik asoslarini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turoperatorlik faoliyatiga doir umumishlab chiqarish xarajatlarini hisoblangan ish haqi xarajatlariga mutanosib taqsimlash asosida turmahsulot tannarxiga kiritish hamda moliyaviy natijalarda aks ettirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vaO‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan turistik tashkilotlarda ichki segmentar hisob va hisobotni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 19 apreldagi 02-22/3018-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1128-son ma’lumotnomasi). Olingan natija turizm korxonalarida xarajatlarni to‘g‘ri turkumlash, turpaketlar tannarxini to‘g‘ri aniqlashga hizmat qilgan;
turistik mahsulotlar tannarxini turistrlarga ko‘rsatilgan xizmatlar turlari va turpaketlar sotish qiymatining tarkibiy elementlari bo‘yicha pul birligida hicob-kitoblarning yangi arifmetik qurilmasi (formula) bo‘yicha taklifO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan turizm korxonalarida hisob siyosatini takomillashtirishda,O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi,O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan buxgalteriya hisobida “Turizm korxonalari uchun xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom” ishlab chiqilgan va qo‘llash orqaliamaliyotdauslubiy qo‘llanmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 19 apreldagi 02-22/3018-son, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1128-son, O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2019 yil 17 apreldagi 70-son ma’lumotnomalari).Natijada,turistik korxonalarda maxsulot tannarxini hisobga olish tartibini takomillashuvi va turistik mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni turkumlash imkoniyati yaratilgan;
turizmda operatsion va moliyaviy faoliyat turlari bo‘yicha axborotlarni umumlashtirishga qaratilgan moliyaviy natijalarni aniqlovchi ishchi cchyotlarni qo‘llash orqali ularni buxgalteriya hicobida akc ettirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan“Turizm korxonalari uchun xarajatlarni rejalashtirish, hisobga olish hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom” ishlab chiqilganva qo‘llashorqaliamaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 19 apreldagi 02-22/3018-son, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1128-son ma’lumotnomalari).Natijada, ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni MHXSlar talablari asosida takomillashtirishga erishilgan;
turizm korxonalarida samarali boshqaruv qarorlariniqabul qilish maqsadida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi segmentar hisobotning yangi shaklini ishlab chiqish bo‘yicha taklifO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan moliyaviy natijalarni shakllantirishda ichki segmentar hisobotni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiya ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidandaromadlarni shakllantirish va sof foydani aniqlash tartibini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni optimallashtirishdaamaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 19 apreldagi 02-22/3018-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1128-son ma’lumotnomasi).Natijada, korxona moliyaviy faoliyat bo‘yicha o‘z daromadlari hajmini oshirgan, turizm korxonalarida har bir turistlar guruhiga belgilangan xarajatlarni aniq hisoblab, kal`kulyasiya moddalari orqali, sof foydani aniqlash tartibi soddalashgan va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar olish imkoniyati yaratilgan;
"Xarajatlar-maxsulot-foyda modeli" bo‘yicha turistik mahsulotlar zararsizligi hamda ularningtahlilida moliyaviy leverajni baholash tartibi “Direkt-kosting” va “Standart-kost” tizimlarida shakllantirilgan algoritmlarni kiritish asosida takomillashtirishbo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Avtomobil` transporti agentligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidanmoliyaviy hisobotlarni tuzishda algoritmlardan foydalanilgan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` transporti agentligining 2018 yil 17 avgustdagi 3/2850-son,O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 19 apreldagi 02-22/3018-son, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 29 apreldagi 2/1128-son ma’lumotnomalari). Natijada,CVP modeli asosida turistik kompaniyaning zararsizlik nuqtasi, xavfsizlik darajasi, tushum va foyda ko‘rsatkichlarining turli o‘sish darajalaridagi nisbatlarini (operatsion dastakni) baholash va tahlil qilish natijalari amaliyotda foyda ko‘rsatkichlarini 2021-2023 yillar uchun prognozlash imkonini bergan.