Maqsudov Nabijon Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gigienik va deformatsion xususiyatlari yaxshilangan kompression sport buyumlarini ishlab chiqish texnologiyasiniyaratish”, 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T807.
Ilmiy rahbar:Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Aripdjanova Dilafruz O‘ktamovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elastik trikotaj matolarining siqish darajasi va fizik-mexanik xususiyatlarini e’tiborga olib, kompression sport buyumi detallari konstruktiv parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish asosida gigienik va deformatsion xususiyatlari yaxshilangan kompression sport buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tana o‘lchamlarining dinamik o‘sishi va trikotaj matolarining deformatsion xususiyatlarini e’tiborga olib, kompression sport buyumlarining konstruksiyasini toraytirish va nisbiy uzayishi koeffisientlarini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
tizza bo‘g‘imining turli qismlari (boldir, tizza, sonning pastki qismi) uchun maksimal ruxsat etilgan bosim va eksperimental trikotaj matoning o‘q bo‘ylab cho‘zilish diagrammasi asosida kompression tizzabandning aylana o‘lchamlarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
matoning nisbiy deformatsiyasi va cho‘zuvchi kuchlarni modellash orqali tana yuzasiga ta’sir etuvchi bosimning bashorat qilingan qiymatlari asosida siqish effektiga ega tizzaband konstruksiyasi parametrlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ilk bor tola tarkibi, tuzilishi, yuza zichligi, qalinligi va siqish effekti bilan farq qiluvchi elastik trikotaj matolarining gigienik xossalarini baholash imkonini beruvchi nisbiy va solishtirma ter shimish koeffisientlari tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gigienik va deformatsion xususiyatlari yaxshilangan kompression sport buyumlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalap asosida:
mahalliy xomashyodan to‘qilgan elastik trikotaj matolarining yangi assortimentidan kompression sport buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Zarafshon tekstil” MChJda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 26 iyundagi 04/18-1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyor buyumning qayishqoq-elastik deformatsiya ko‘rsatkichlari 98% ga yaxshilangan hamda tannarxini kamaytirishga erishilgan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari model-dizaynerlik sexi sharoitida elastik trikotaj matolaridan kompression sport shimi va futbolkalar dizayni hamda texnologiyasi “SINTEZ GROUP” MChJda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 26 iyundagi04/18-1660-son ma’lumotnomasi). Natijada, siqish effektiga ega yangi assortimentidan kompression sport buyumlarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.