Botirov To‘lqin Vafoqulovichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiydarajaberiladiganfantarmog‘inomi): «Etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarini turg‘un sintezlash usullari va algoritmlari», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2020.2.DSc/T342.
Ilmiymaslahatchi: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot:Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarini turg‘un sintezlash usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lyapunovning bevosita usuli asosida adaptiv boshqarish tizimini sintezlashning asimptotik turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
rekurrent psevdoteskari matrisalar asosida adaptiv matrisali rostlagichlarni sintezlashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
dinamik fil`trlash tenglamasi qoldiq vektorining o‘zaro bog‘liqlik tahlili asosida rostlagich parametrlarini baholashning turg‘un algoritmlari ishlab chiqilgan;
iterativ muntazamlashtirish tamoyillari asosida adaptiv boshqarish tizimlarida boshqaruv qurilmalarini turg‘un parametrik sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
raqamli optimallashtirish usullari asosida etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
boshqarish ob’ektlarining holat vektorini baholash asosida rostlagich parametrlarini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
holat va boshqarish bo‘yicha kechikishli ob’ektlar uchun etalon modelli adaptiv tizimlar sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bevosita yondashuv konsepsiyalari asosida dinamik ob’ektlarni adaptiv boshqarish tizimlarini sintezlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarida boshqaruv qurilmalarini turg‘un parametrik sintezlash algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil 11 avgustdagi 24-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada, rostlagich parametrlarini baholash masalasini muntazamlashtirish va qidirilayotgan kattaliklarning aprior no’malum tashqi g‘alayonlarga turg‘un baholarini olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan tashqi g‘alayonlarda etalon modelli turg‘un adaptiv boshqarish algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil 11 avgustdagi 24-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmlar real tizim va uning matematik ta’rifi o‘rtasidagi ma’lum darajada noturg‘unlik mavjud bo‘lgan holatda baholash masalasini amalga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan soddalashtirilgan etalon modelli tizimda jarayonni boshqarishning parametrini sozlash algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil 11 avgustdagi 24-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada, adaptiv rostlagichdagi sozlanadigan parametrlar sonini tizimdagi noma’lum koeffisientlar sonigacha qisqartirish imkonini bergan bo‘lib;
ishlab chiqilgan etalon modelli adaptiv boshqarish tizimlarida holat vektorini baholash asosida rostlagich parametrlarini sintezlash algoritmlari “Navoiyazot” AJda joriy qilingan («O‘ZKIMYoSANOAT» AJning 2020 yil 11 avgustdagi 24-3246-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonning texnologik rejimlari o‘tishini barqarorlashtirish va uning faoliyat samaradorligi oshishiga imkon bergan.