Vaxidova Nargiza Tulkinovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar bo‘lagini qarindosh transplantatsiyasi uchun donorlarni tekshirishda hajmli MSKT-angiografiyaning samaradorligini baholash”, 14.00.32 - Transplantologiya va sun’iy a’zolar va 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib760.
Ilmiy rahbar: Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirugiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirugiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Akademik A.M. Granov nomidagi Rossiya radiologiya va jarroxlik texnologiyalari ilmiy markazi» Federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: transplantat olish uchun jigar fragmenti rezeksiyasi tashrixini rejalashtirishda tirik qarindosh donorlarda xajmli MSKT-angiografiya imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar qarindoshlik transplantatsiyasi uchun qon tomirlarning jigar ichi angioarxitektoniyasining anatomik-topografik xususiyatlarini va turlanishini aniqlashtirishda donorlarni tomografik tekshirishning texnologik jixatlari va patognomik mezonlari aniqlangan;
jigar parenximasi xolati, arterial va venoz oqim xolati xususiyatlarini baxolashda xajmli MSKT-angiografiya usulining diagnostik qiymati va informativliligi aniqlangan;
qarindoshlik gepatotransplantatsiyasining taktik jixatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash bilan xajmli MSKT-volyumetriya o‘tkazishda jigarning perfuzion xolati va xajmini baxolashning maxsus mezonlari aniqlangan;
transplantatsiyadan keyingi davrda arterial va portal perfuziya xajmini dinamik taqsimlanishini miqdoriy baxolash bilan donor va resipient jigaridagi perfuzion ko‘rsatkichlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Jigar transplantatsiyasiga muxtoj bemorlarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologiyali jarroxlik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Jigar fragmenti qarindoshlik transplantatsiyasi uchun donorlarni tekshirishda xajmli MSKT-angiografiya samaradorligini baxolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 8n-z/145-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar jigar fragmenti qarindoshlik transplantatsiyasi uchun donorlar tanlab olishda davolash-diagnostik taktikani mukammallashtirish imkonini bergan;
jigar fragmenti donorlarini tashrixdan oldingi tekshiruvda ko‘rsatiladigan ixtisoslashtirilgan yordamni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, xususan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va «Fedorovich Klinikasi» OAJ QK (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi №8n-z/145-son ma’lumotnomasi) amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Transplantat olish uchun jigar fragmenti rezeksiyasi tashrixini rejalashtirishda tirik qarindosh donorlarni tekshirishda kompleks yondashuv xajmli MSKT-angiografiya imkoniyatlarini aniqlash, usulning sezgirligini jigar arteriyalari uchun 93,3% gacha, portal vena uchun 92,8% gacha, jigar venalari uchun 93,7% gacha aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish