Jumaniyazov Farxod Kodamovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm viloyati sharoitiga moslashgan g‘o‘za navlarini takomillashtirish va urug‘larini ko‘paytirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx449.
Ilmiy rahbar: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning “Niyat” navi (NAR 00205, 30.11.2018 y.).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 6 fevraldagi 01-11/298-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi G‘o‘zaning G.hirsutum L. turi shakllarini juft duragaylash uslubi bilan ajratib olingan populyasiyalarida g‘o‘zaning L-171-K tizmasi asosida Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tolasining sifati hamda chiqimi yuqori bo‘lgan g‘o‘zaning yangi tizma va navlarni yaratish hamda joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘zaning L-171-K tizmasi asosida Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos, tolasining sifati hamda chiqimi yuqori bo‘lgan yangi “Niyat” navi yaratilgan.
g‘o‘zaning istiqbolli Niyat navidan Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos, tolasining sifati hamda chiqimi yuqori bo‘lgan yangi tizma va navlarni yaratish bo‘yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish imkoniyati aniqlangan.
g‘o‘zaning G.hirsutum L. turichi navlarini duragaylash asosida tola sifati va chiqimi yuqori, tezpishar va hosildor tizmalar ajratib olishi mumkinligi isbotlangan;
tur ichida juft duragaylash asosida yaratilgan g‘o‘zaning yangi «Niyat» navi tupi ixcham bo‘lishi bilan qo‘shqatorga ekib etishtirib hosil olish imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyati sharoitiga moslashgan g‘o‘za navlarini takomillashtirish va urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
duragaylardan ajratib olingan tizma asosida turli stress omillarga bardoshli, o‘suv davri 115-120 kun, tola chiqimi 38-40 %, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 5,5-6,5 gramm va tolasining uzunligi 33,4-34,2 mm ga teng bo‘lgan g‘o‘zaning «Niyat» navi yaratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti (NAP 00205) olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 02/020-3865-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu g‘o‘za navidan ekib kelinayotgan boshqa andoza navlarga nisbatan yuqori va sifatli paxta hosili olish imkoni yaratilgan;
g‘o‘zada tur ichida juft duragaylash asosida yaratilgan o‘rta tolali «Niyat» navi 2018 yildan Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha istiqbolli navlar qatoriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 02/020-3865-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu navdan andoza Xorazm 127  naviga nisbatan gektaridan o‘rtacha 3,0-3.5 sentner  qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan g‘o‘zaning «Niyat» navi 2016-2020 yillar davomida Xorazm viloyati Urganch, tuproqqal’a va Xonqa tumanlari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 1300 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 21 noyabrdagi 02/020-3865-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtachilik fermer xo‘jaliklarida gektaridan o‘rtacha 38,0-40.0 sentnergacha paxta hosili olishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik gektaridan 1 mln. 410 ming so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish