Yusupova Nodira Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tarkibdagi kostyumbop to‘qimalarni loyihalash usulini ishlab chiqish”, 05.06.02– To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/T246.
Ilmiyrahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam  Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iplarning notekisligini kamaytirish va sifatini oshirish asosida turli tarkibli kostyumbop to‘qimalarni loyihalashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takomillashtirilganpiltalash mashinasining cho‘zish moslamasi asosida ip notekisligini kamaytirishga erishilgan;
silindrning o‘yiq chiziqlar yo‘nalish burchaklari o‘lchami va yakka ip notekisligi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan; 
RSB-D-40 piltalash mashinasining cho‘zish moslamasi silindrining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
kostyumbop to‘qimalardagi iplarning qisqarishi, to‘qimaning yuza zichligi, qalinligi to‘qish jarayonidan keyingi diametrlariga bog‘liqligi asoslangan;
ilk marta ipning siqilish koeffisienti orqali kostyumbop to‘qimalarning  havo o‘tkazuvchanligini baholash mumkinligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipning notekisligini kamaytirish orqali ip va to‘qima sifatini yaxshilash,  hamda turli tarkibdagi kostyumbop to‘qimalarni loyihalash asosida:
yakka paxta iplarining notekisligini bartaraf etish va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida piltalash mashinasida yangi cho‘zish asbobidagi silindrlar takomillashtirilib O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Piltalash mashinasida tolalar paralellashini va tekislanishini oshirish uchun cho‘zish moslamasi”, FAP №01306). Natijada, ipning notekisligi 30% ga kamayishiga erishilgan;
notekisligi kamaytirilgan iplardan turli tarkibli kostyumbop to‘qimani loyihalash Buxoro viloyatidagi “ARK EKO TEKSTIL” MChJ, “Deluxe Fabric” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 22 iyundagi 04/18-1589-son ma’lumotnomasi). Natijada, sifat ko‘rsatkichi 9-15% ga yaxshilanishi, yuqori sifatli va yangi assortimentdagi to‘qimalarni tezkor usulda loyihalash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish