Ibragimov Nodir Shapulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1101.
Ilmiy rahbar: Mamatov Mashrabjon Shaxabutdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsaburov Miraxmat, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarayonida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining matematik qobiliyatlarini interfaol metodlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning metodik ta’minoti (test topshiriqlari, masala va mashqlar) tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasiga qo‘yiladigan talablar (idrok etish, tushuncha va tasavvur, fikrlash, diqqat, matematik xotira, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, xulosa chiqarish) asosida ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi maxsus masalalarni tanlash metodikasi yoshga mos o‘quv materiallari uzviyligini ta’minlashda matematik qobiliyatlarni rivojlantiruvchi (kreativlik, intuisiya, diqqat, analiz va sintez qila olish, taqqoslay olish, masala echimiga olib keladigan jarayonlar ketma-ketligi zanjirini mantiqiy qura olish, matematik xotira, umumlashtira bilish, fazoviy tasavvur qilish, klassifikatsiyalash, abstraktlashtirish, konkretlashtira olish) komponentlar interfaol metodlar asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llashning samarali rivojlantirishiga qaratilgan kreativ fikrlashga undovchi dasturiy vositalar o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish darajasiga qo‘yiladigan talablar (anglash, tushunish, amaliyotga tatbiq etish) asosida ishlab chiqilgan;
«Matematika» fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti “Breynshtorming”, “Insert”, “Veb-kvest” metodiga yo‘naltirilgan matematik qobiliyat - » komponentlarining o‘quv jarayoniga ta’siri tuzilmasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
mantiqiy masalalarning matematikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda matematik qobiliyatlarni rivojlantiruvchi komponentlar mazmuniga oid taklif va tavsiyalar asosida “O‘quvchi va talabalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirish” nomli uslubiy qo‘llanmada o‘z aksini topgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 89-06-834-son ma’lumotnomasi). Natijada matematika fanini o‘qitishda o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishning metodik yondashuvlari ta’lim jarayonida samarali ekanligi aniqlangan;
o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi maxsus masalalarni tanlash metodikasi yoshga mos matematik qobiliyatlarni rivojlantiruvchi komponentlar tuzilishini, o‘quvchilarda matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali rivojlantirishning metodik ta’minoti matematik qobilyatini rivojlantirish darajasiga qo‘yiladigan talablarga oid takliflardan 2012-2016 yillarda bajarilgan F-4-32 “Singulyar koeffisientli Gellerstedt tenglamasi uchun Trikomi masalasi, siljishli masalalar va Bisadze-Samarskiy masalalari shartlarini bir ta’rifda birlashtirgan masalalarning korrektligini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 89-06-834-son ma’lumotnomasi). Natijada matematika fanini o‘qitishda fanning mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Matematika» fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti «Breynshtorming», «Insert», «Veb-kvest» metodiga yo‘naltirilgan. Matematik qobiliyat - « » komponentlarining o‘quv jarayoniga ta’siri tuzilmasiga oid taklif va tavsiyalaridan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” (2016-2019 y.y.) mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 89-06-834-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalariga «Matematika o‘qitish metodikasi» fanining o‘qitilishi davomida o‘quvchilarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan.