Xojamuratova Roza Tajimuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv resurslarining gidroekologik holatiga melioratsiya ta’sirini kompleks baholash va uni qisqartirish yo‘llari», 11.00.03–Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Gr17.
Ilmiy maslahatchi: Chembarisov El`mir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Xikmatov Fazilidin, geografiya fanlari doktori, professor; Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori; Rafikov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv resurslarining gidroekologik holatiga melioratsiyaning ta’sirini kompleks baholash va ushbu ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv resurslari gidroekologik holatini baholashning landshaft-galogeokimyoviy usuli kichik sug‘orish havzalari qirqimida takomillashtirilgan hamda uning asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy tumanlari kesimida daryo, kollektor-zovur, er osti suvlari miqdori, minerallashuv darajasi va sifatining shakllanish xususiyatlari aniqlangan; 
Amudaryoning quyi oqimi, hudud kollektor-zovur tarmoqlari gidrologik va gidrokimyoviy rejimi elementlarining yil davomida taqsimlanishi, o‘zgarishlari suv ta’minoti turlicha (kam, o‘rtacha, ko‘p suvli) yillar uchun aniqlangan; 
sug‘oriladigan ekin maydonlarida sizot suvlarining gidrogeologik va gidrokimyoviy rejimidagi o‘zgarishlarning, ularning er yuzasiga nisbatan joylashish chuqurliklariga bog‘liqligi aniqlangan;
Orol dengizining qurigan tubida tuzga chidamli ekinlarni sug‘orish, yaylovlarni suvlantirish va kuchli sho‘rlangan tuproqlarni yuvish uchun kollektor-zovur suvlaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslarining gidroekologik holati,  jumladan miqdori, minerallashuv darajasi va sifati bo‘yicha kompleks baholanib, ulardan ichimlik suv ta’minoti, Orolning qurigan tubida yaratilgan yashil maydonlarni sug‘orish, yaylovlarni suvlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv resurslarining gidroekologik holatiga melioratsiya ta’sirini kompleks baholash va uni qisqartirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik sug‘orish havzalari qirqimida takomillashtirilgan suv resurslari gidroekologik holatini baholashning landshaft-galogeokimyoviy usuli hamda uning asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy tumanlari kesimida aniqlangan daryo, kollektor-zovur, er osti suvlari miqdori va minerallashuv darajasi hamda sifatining shakllanish xususiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida mintaqaviy suv ishlarini bajarishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 sentyabrdagi 02/02-3-300-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud irrigatsiya tarmoqlaridagi daryo oqimining miqdoriy va sifatiy tavsiflarini aniqlashtirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ma’muriy tumanlar kesimida daryo, kollektor-zovur, er osti suvlarining hajmi va mineralizatsiyasi hamda ichimlik suvi sifati shakllanishing takomillashtirilgan kompleks usulda aniqlangan qonuniyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida mintaqaviy suv ishlarini bajarishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 sentyabrdagi 02/02-3-300-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud irrigatsiya tarmoqlaridagi daryo oqimining miqdoriy va sifatiy tavsiflarini aniqlashtirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Amudaryoning quyi oqimi, hudud kollektor-zovur tarmoqlari gidrologik va gidrokimyoviy rejimi elementlarining suv ta’minoti turlicha (kam, o‘rtacha, ko‘p suvli) yillar uchun aniqlangan yil davomida taqsimlanishi va o‘zgarishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida suv xo‘jaligi hisoblarini bajarishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 7 sentyabrdagi 02/02-3-300-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslaridan samarali foydalanishning istiqbolli rejalariga aniqlik kiritish imkonini bergan;
sug‘oriladigan ekin maydonlarida sizot suvlarining gidrogeologik va gidrokimyoviy rejimidagi o‘zgarishlarning, ularning er yuzasiga nisbatan joylashish chuqurliklariga bog‘liqligi aniqlangan natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida sug‘oriladigan maydonlar melioratsiya xolatining maqbul mezonlarini ishlab chiqishda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 01/027-1892-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orish massivlarining gidrogeologik parametrlarining o‘zgarishi sharoitlarida erlarning meliorativ holatini yaxshilash imkonini yaratgan;
Orol dengizining qurigan tubida tuzga chidamli ekinlarni sug‘orish, yaylovlarni suvlantirish va kuchli sho‘rlangan tuproqlarni yuvish uchun kollektor-zovur suvlaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida kam suvli yillarda kollektor-zovur suvlarini qayta ishlatishda foydalanish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 01/027-1892-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslariga qo‘shimcha manba sifatida kollektor-zovur suvlaridan foydalanish imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslarining gidroekologik holati,  jumladan miqdori, minerallashuv darajasi va sifati bo‘yicha kompleks baholanib, ulardan ichimlik suv ta’minoti, Orolning qurigan tubida yaratilgan yashil maydonlarni sug‘orish, yaylovlarni suvlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida ko‘rib chiqilayotgan hudud er usti suvlarining gidrokimyoviy tarkibini aniqlash uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi 2020 yil 9 sentyabrdagi 02/18-1-1664-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud ko‘rib chiqilayotgan ma’muriy tumanlarning gidroekologik holatini yaxshilashga va suv resurslari sifatini nazorat qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish