Xo‘jaqulov Akbar Eshquvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1519.
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01. 
Rasmiy opponentlar: Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Riskulova Kamola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida mashg‘ulotlardan tashqarida oilaviy qadriyatlarga emosional qayg‘urish tajribasi asosida ularda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning rag‘batlantiruvchi-yo‘naltirilgan (motivasion), qadriyatli-izlanishli, faoliyatli-samarali bosqichlari aniqlangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining o‘yin faoliyatida “Play a game”, “Heuristic conversation” (Evristik suhbat) texnologiyalarni qo‘llash orqali ularda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish strategiyasi insonparvarlik, aksiologik, femilistik, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar asosida belgilangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon modeli qadriyatli-maqsadli, sub’ekt-sub’ekt, mazmunli, prosessual-kommunikativ, tashxisli-natijaviy va refleksiv kabi tarkibiy tashkil etuvchilar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabat shakllanganligining mezonlari (kognitiv, hissiy-qadriyatli, faoliyatli-izlanishli) ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va oilaga nisbatan hissiy yo‘nalganlik asosida daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlari aniqlangan. 
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari, bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida o‘yin faoliyatida oilaga bo‘lgan qadriyatli munosabatni shakllantirishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 02-02/2-792-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaviy qadriyatlarga emosional qayg‘urish tajribasi asosida ularda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirishning rag‘batlantiruvchi-yo‘naltirilgan (motivasion), qadriyatli-izlanishli, faoliyatli-samarali bosqichlari aniqlangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida milliy pedagogika elementlarini qo‘llash, tayyorlov guruhi bolalarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni samarali shakllantirishni ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash va baholash mezonlarini aniqlashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan A–1-173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2015-2017 yillar) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 02-02/2-792-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabat shakllanganligining mezonlari (kognitiv, hissiy-qadriyatli, faoliyatli-izlanishli) ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va oilaga nisbatan hissiy yo‘nalganlik asosida daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlari aniqlangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida oilaga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirish metodikasi, refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining o‘zaro dinamik aloqadorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining oilaviy qadriyatlarga asoslangan munosabatlarini shakllantirish uchun tarbiyachi-pedagoglarga mo‘ljallangan “Yosh avlodda qadriyatli munosabatlarni shakllantirishda ijtimoiy institutlar va televideniyaning o‘rni” nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 02-02/2-792-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining o‘yin faoliyatida “Play a game”, “Heuristic conversation” (Evristik suhbat) texnologiyalarni qo‘llash orqali ularda oilaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish strategiyasi insonparvarlik, aksiologik, femilistik, shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar asosida belgilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish