Rafikova Muattar Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak bojxona xizmati organi xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida huquqiy madaniyatni takomillashtirish metodikasi”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1037.
Ilmiy rahbar: Xalilova Shaxnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuriddinov Bahodir Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak bojxona xizmati organi xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida huquqiy madaniyatni takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak bojxona xizmati organi xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini ta’minlashda huquqiy madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy, pedagogik-psixologik, diognostik funksiyalarini belgilash orqali huquqiy madaniyatni takomillashtirish bosqichlari asoslangan;
bo‘lajak bojxona xizmati organi xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning mazmuniy-metodik, texnologik va natijaviylik komponentlari yaxlitligi hamda aloqadorligini ta’minlash orqali huquqiy madaniyatni takomillashtirish metodikasi ishlab chiqilgan;
“Bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarining huquqiy madaniyati” maxsus kursining o‘quv dasturi mazmuni kursantlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida maxsus kurslarni tashkil qilish zarurligini asoslash orqali optimallashtirilgan;
kursantlarning kasbiy madaniyatini rivojlantirishda ijtimoiy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan “Kazus”, “Keys-stadi”, “Mantiqiy chalkash zanjir” innovatsion texnologiyalarini kasbiy fanlarini o‘qitishda qo‘llash orqali kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak bojxona xizmati organi xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida huquqiy madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi 365-sonli Qarorining 3-bandi talabi yuzasidan amaldagi hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan berilgan takliflardan Bojxona institutiga o‘qishga kirish tartibidagi Nizomda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 5 iyuldagi 05/13-05528-son va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3842-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarining kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Kazus”, “Keys-stadi”, “Mantiqiy chalkash zanjir” innovatsion texnologiyalarini qo‘llash orqali kursantlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishga oid taklif va tavsiyalardan 5230500-Bojxona ishi va 5240100-Yurisprudensiya (Iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishlari uchun “Bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarining huquqiy madaniyati” maxsus kursining o‘quv dasturi hamda o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3842-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar “Bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarining huquqiy madaniyati” maxsus kursining o‘qitish sifatini oshirish natijasida kursantlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak bojxona xizmati organi xodimlarini huquqiy madaniyatini takomillashtirish orqali kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishning nazariy va amaliy, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni, shakl va metodlarini aniqlashga doir tavsiyalari va ishlanmalari “Bojxona organi xodimlarining huquqiy madaniyati” o‘quv metodik ta’minotining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3842-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, elektron va boshqa vositalarning metodik apparatini takomillashtirishga xizmat qiladi.