Adilov Zafar Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diniy manbalarda ekologik muammolarning echimi», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal166.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik muammolarni bartaraf etishda diniy manbalardagi ekologik g‘oyalarning ilmiy ahamiyatini asoslash va ekologik inqirozlar echimini topish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik talofatlar, deviant harakatlar va nigilistik kayfiyatni oldini olishda islomiy manbalar (Qur’oni karim va Hadislar)dagi tabiatning qonun va me’yorlarini buzmaslik, tabiat borlig‘i komponentlarining tabiiy-biologik xususiyatlarini saqlash singari g‘oyalardan unumli foydalanish zaruriyati falsafaning atributiv kategoriyalari vositasida aniqlashtirilgan;
Yusuf Hamadoniyning “Fi annal-kavna musaxxarun lil-inson” (“Koinot va inson haqida”) risolasidagi tasavvufiy qarashlar ekologik muammolarni oldini olishda substansional vazifani bajarishi mantiqiy jihatdan dalillangan;
“tabiat-jamiyat-inson” munosabatlari uyg‘unligini ta’minlashda diniy manbalar (Avesto, Tavrot, Qur’oni karim va Hadislar)dagi muvofiqlashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi diniy-ekologik paradigmalar (tabiatning barcha ne’matlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, inson – tabiat olami uchun mas’ulligi, tabiat manbalarini ehtiyoj doirasida ishlatish)ning ijtimoiy ahamiyati falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyalari vositasida asoslangan;
ekologik huquq-normalarga rioya qilishning birlamchi ko‘rinishlari (tabiatga ziyon keltirganga nisbatan jazo choralarining mavjudligi, ekologik faollikni rag‘batlantirish) zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ilmiy asoslanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diniy manbalarda ekologik muammolar echimi bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy falsafiy takliflar asosida:
ekologik talofatlar, deviant harakatlar va nigilistik kayfiyatni oldini olishda Islom manbalari (Qur’oni karim va Hadislar)da ilgari surilgan tabiatning qonun va me’yorlarini buzmaslik, tabiat borlig‘i komponentlarining tabiiy-biologik xususiyatlarini saqlash zaruriyati singari g‘oyalar muhim manba ekanligi qiyosiy tahlil asosida aniqlanganligiga oid ilmiy-nazariy g‘oyalar, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining yillik dastur ssenariysini tayyorlashda, jumladan, Qo‘mitaning QQ-100-IV-sonli qaroriga 4-ilova III-qism 11-bandida “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini tuzish va amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2020 yil 25 avgustdagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining va ta’lim oluvchilarning diniy-ekologik bilimlarini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan;
Yusuf Hamadoniyning “Fi annal-kavna musaxxarun lil-inson” (“Koinot va inson haqida”) risolasidagi har bir inson koinotga me’yori bilan, unumli foydalanish darajalari borasidagi ekologik merosi o‘rni va ahamiyati ochib berilganligiga oid konstruktiv fikr-mulohazalaridan “Mir Arab” oliy madrasasida o‘qitiladigan fanlar uchun manba bo‘lgan “Tasavvuf saboqlari” nomli o‘quv qo‘llanmaning Markaziy Osiyo tasavvuf namayondalarining ilmiy meroslarida “Me’yor” kategoriyasining yoritilishi deb nomlangan III-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmonlar idorasining 2020 yil 26 avgusdagi 1694-son ma’lumotnomasi). Natijada, diniy-ma’rifiy jarayonlarni tahliliy o‘rganish, jamiyatda dinlararo bag‘rikenlik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, aholi o‘rtasida diniy muhutni yanada sog‘lomlashtirish yuzasidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar ssenariysini yaratilishida ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
“tabiat-jamiyat-inson” munosabatlari uyg‘unligini ta’minlashda diniy manbalar (Avesto, Tavrot, Qur’oni karim va Hadislar)dagi muvofiqlashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi diniy-ekologik paradigmalar (tabiatning barcha ne’matlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, inson – tabiat olami uchun mas’ulligi, tabiat manbalarini ehtiyoj doirasida ishlatish)ning ijtimoiy ahamiyati falsafaning umumiylik va xususiylik kategoriyalari vositasida asoslanganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, mahalliylashtirishni ta’minlash, ekologik vaziyatni tiklash va sog‘lomlashtirish, boshqa ekologik noqulay hududlarda ekologik muammolarni hal etish va aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni, dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot dasturi ssenariysini tuzish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2020 yil 25 avgustdagi 08/196-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatining rivojlanishiga, jamiyatda ekologik ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilgan;
ilk ekologik huquq-normalarga rioya qilishning birlamchi ko‘rinishlari (tabiatga ziyon keltirganga nisbatan jazo choralarining mavjudligi, ekologik faollikni rag‘batlantirish) zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da asoslanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2020 yil may-iyun` oylarida efirga uzatilgan “Buyuk mutafakkirlar asarlarida ekologiyani asrash g‘oyalari yoshlar nigohida”, “Yoshlar va ekologik tarbiya” nomli maxsus teleko‘rsatuvning Dastur ssenariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 19 avgustdagi 2084-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda shaxs ekologik ijtimoiylashuvini shakllantirishga, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va informatsion jamiyatning shakllanib borishida shaxs ekologik ijtimoiylashuviga tashqi ta’sirlarning kuchayishi hamda ekologik ijtimoiylashishga ta’sir etuvchi institutlarning uzviy hamkorligini ta’minlashga xizmat qilgan.