A’zamov Temur Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarni vaziyatli boshqarish algoritmlari», 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T442. 
Ilmiy rahbar: Yakubov Maqsadxon Sultaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobirjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, Tuxtanazarov Dilmurod, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarni vaziyatli boshqarish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ishlov berilayotgan xom ashyoning tarkibiy o‘zgarishlarini turliligini inobatga olgan holda vaziyatli boshqarish usullari va algoritmlarini takomillashtirishning yondoshuvlari shakllantirilgan; 
diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarning texnologik xususiyatlari, fizik va kimyoviy o‘zgarishlari, informativ parametrlarni saralash asosida vaziyatli boshqaruv tizimini model va algoritmlari ishlab chiqilgan;
diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli keramik qurilish materiallarini kuydirish va quritish ko‘rsatkichlari mezonlarini shakllantirish, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi faktorlarni tasniflash asosida ob’ektlarning vaziyatli boshqarish algoritmi va modeli ishlab chiqilgan; 
diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarda keramik materiallarini kuydirish va quritish jarayonlarini optimallashtirish mezonlariga mos boshqaruv va pechning harorat rejimini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan; 
tunelli pechda g‘isht mahsulotlarini kuydirish va quritish jarayonlarini vaziyatli boshqarish va bashoratlash modellari, dasturiy majmuasi asosida o‘zgaruvchan kiruvchi parametrlar xususiyatlariga muvofiq vaziyatli boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarda keramik qurilish materiallarini kuydirish va quritish jarayonlarini optimallashtirish va pechning harorat rejimini boshqarish maqsadida yaratilgan usul, matematik model, dasturiy majmua va algoritmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diskret o‘zgaruvchan kiruvchi parametrli ob’ektlarda keramik qurilish materiallarini kuydirish va quritish jarayonlarini modellari va vaziyatli boshqarish usullari va ma’lumotlar bazasini muvofiqlashtirishning dasturiy vositasi  Farg‘ona viloyati «Shursuv g‘isht zavodi» MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 33-8/8553-son ma’lumotnomasi). Natijada, keramik mahsulotlarini ishlab chiqish jarayonida etkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy texnik va iqtisodiy zarar miqdorini 1.18 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
keramik qurilish materiallarini kuydirish va quritish jarayonlarini boshqarish algoritm va usullari, pechning tuzilmaviy hususiyatlariga muvofiq issiqlik uzatish koeffisientlari harorat rejimini hisoblashning dasturiy vositasi Samarqand viloyati «Aziza Kredo Maks» MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 33-8/8553-son ma’lumotnomasi).  Natijada, keramik mahsulotlarni kuydirish va quritish jarayonlari, axborot resurslari oqimi va boshqaruv tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish texnik va iqtisodiy zarar miqdorini 1,21 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
turli fizik va kimyoviy hususiyatlarga va shakllarga ega bo‘lgan keramik qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonlarini  bashoratlash modellari va vaziyatli boshqarish usullari Samarqand viloyati «Sifat G‘isht Qurilish» MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 3 dekabrdagi 33-8/8553-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tarkibli keramik qurilish materiallarini tunnelli pechlarda kuydirish va quritish jarayonlarida  vagonlarning harakat tezligi va pech harorati rejimini muvofiqlashtirish, yoqilg‘i sarf xarajatini tejash korxonaning yillik sof foyda miqdorini 1,18 barobarga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish