Islambekova Shaxida Anvarovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Septik endokardit bilan xastalangan bemorlarda sun’iy qon aylanish sharoitida qonning ul`trafil`tratsiyasi”, 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib524.
Ilmiy rahbar: Aliev Sherzod  Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirugiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirugiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mansurov Abrol Amirdjanovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: septik endokardit bilan xastalangan bemorlarda, sun’iy qon aylanish sharoitida, qon ul`trafil`tratsiyasi usullarini qo‘llash orqali jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir buyrak etishmovchiligini bashorat qiluvchi ko‘rsatkichlar  aniqlandi va shu asosda sun’iy qon aylanish sharoitida septik endokarditni jarrohlik usulida davolashdagi asoratlarning bashorati va klinik kechishining og‘irlik darajasini baholovchi matematik model ishlab chiqilgan;
sun’iy qon aylanish jarayonida qo‘llaniladigan muvozanatli ul`trafil`tratsiya, qonning kislota-ishqor muvozanatini kompensatsion mexanizmi barqarorligini ta’minlashi, shuningdek, septik endokardit bilan xastalangan bemorlarda yurak jarrohlik operatsiyalaridan keyin buyraklar funksiyasi buzilishini oldini olishi aniqlangan;
buyrakning o‘tkir shikastlanish xavfini yuzaga kelishi, sun’iy qon aylanish jarayonining davomiyligiga va gipertermiyani dinamik oshish darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
muvozanatlangan ul`trafil`tratsiyadan uzoq muddatli sun’iy qon aylanish jarayonida (>120daqiqa), dastlabki glomerulyar fil`tratsiya darajasi past bo‘lganda (<60 ml/daqiqa), proteinuriyada (>30 mg) va chap qorincha diastolik hajmi yuqori bo‘lgan holatlarda (>200ml) foydalanish kerakligi aniqlangan;
septik endokardit bilan xastalangan bemorlarda buyrak disfunksiyasining klinik va laborator o‘zgarishlari namoyon bo‘lganda, sun’iy qon aylanish jarayonida gipertermik reperfuziya amaliyotini o‘tkazish kerak emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Septik endokardit bilan xastalangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda qon ul`trafil`tratsiyasini qo‘llash samaradorligini baholash va ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
"Yurak jarrohligida sun’iy qon aylanish sharoitida qon ul`trafil`tratsiyasi usulini tanlash" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 oktyabrdagi 8n-z/121-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar septik endokardit bilan xastalangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda, sun’iy qon aylanish natijalarini yaxshilash imkonini bergan; 
“Septik endokardit bilan kasallangan bemorlarda sun’iy qon aylanish jarayonida qonni ul`trafil`tratsiya usulini tanlash uchun dastur" ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 oktyabrdagi 8n-z/121-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan dastur, buyrak disfunksiyasi bilan asoratlangan, septik endokardit bilan xastalangan bemorlarda sun’iy qon aylanish jarayonini taktik jihatlarini takomillashtirishga imkon bergan; 
“Sun’iy qon aylanish sharoitida, orttirilgan yurak nuqsoni bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolashda, kasallikni og‘irlik darajasini baholash va asoratlarni bashorat qilish uchun dastur” ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 oktyabrdagi 8n-z/121-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan dastur, septik endokardit bilan xastalangan bemorda, operatsiyadan keyin yuzaga kelishishi mumkin bo‘lgan buyrak disfunksiyasi asoratlarini oldindan bashorat qilish imkonini bergan;
septik endokardit bilan xastalangan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya tibbiyot markazi» davlat muassasasining sun’iy qon aylanish bo‘limida amaliyotga joriy qilindi, shuningdek, Namangan viloyat kardiologiya markazi yurak-qon tomir xirurgiyasi bo‘limi va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kardioxirurgiya bo‘limida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 oktyabrdagi 8n-z/121-son ma’lumotnomasi) tadbiq etildi. Taklif etilgan tavsiyalar sun’iy qon aylanish jarayonini takomillashtirish va septik endokardit bilan kasallangan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda yuzaga keluvchi asoratlar havfini kamaytirib, jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish