Axmediev Toxir Maxmudovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Spinal dizrafiyali bolalarda gidrotsefaliyani xirurgik davolash», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib728.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor Kariev Gayrat Maratovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Chmutin Gennadiy Egorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Kobil Tursunovich, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: spinal dizrafiya va yondosh gidrotsefaliyali bemor bolalarni davolash natijalarini tashxisotni va asoslangan bosqichli davolashni takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlanish mexanizmlarining tahlili, klinik va neyrovizualizatsion belgilarning sistematizatsiyasi asosida gidrotsefaliyani zo‘rayishi, likvoreya va churra qopini o‘rab turgan to‘qimalarini yorilish xavfini hisobga olgan holda spinal dizrafizmni jarroxlik davolash bosqichlari asoslab berilgan;
kalla ichi asoratlari va disfunksiyalar rivojida likvorshuntlash tizimlari parametrlarining ahamiyati, shu jumladan uni xisobga olmaslik natijasida shunt reviziyasi amaliyotini bajarish va churra qopini o‘rab turgan to‘qimalarni neyrotrofik o‘zgarishlari ehtimoli ortishi isbotlangan; 
spinal dizrafizmli bemor bolalarda gidrotsefaliya darajasi va dinamikasini baholashda xamda davolash sifatini nazoratida taklif etilgan neyrovizualizatsion kranioventrikulyar tavsiflarning ahamiyati isbotlangan; 
birinchi marta spinal dizrafizm va yondosh gidrotsefaliya klinik ko‘rinishlarining intellektual tahlili texnologiyalari qo‘llanilgan, ular yordamida xamda belgilangan axborotbardor mezonlar asosida tashxisot, asoslangan davolash usuli va natijalarni bashoratlash dastur komplekslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Spinal dizrafizm va yondosh gidrotsefaliyali bemor bolalarni jarroxlik davolash optimizatsiyasi bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishning natijalari asosida: 
«Spinal dizrafizm va gidrotsefaliyali bolalarni tashxislash va davolashda kompyuter dasturlari» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosasi 8 n-r/405, 10 oktyabr` 2019 yil). Olingan natijalar spinal dizrafizm va yondosh gidrotsefaliyali bemor bolalarda asoslangan davolash taktikasi va uning ketma-ketligini tanlash imkonini bergan. Spinal dizrafizmli bolalarda gidrotsefaliyani davolashda shunt tizimini tanlash uchun  individual uslub taklif etilgan, uning yordamida jarroxlik amaliyotidan keyingi gipo- yoki giperdrenaj ko‘rinishidagi va churra qopi neyrotrofik buzilishlari kabi asoratlar xavfini ishonarli pasayishiga erishilgan;
gerniotomiya jarroxlik amaliyotini bajarish uchun «Yara kengaytirgich» ishlab chiqilgan (foydali model` № FAP 01338), uning yordamida yumshoq to‘qimalar travmatizatsiyasi kamayib, jarroxlik maydoni ko‘rinishi yaxshilangan;
Spinal dizrafizm va yondosh gidrotsefaliyali bemor bolalarni tashxislash va davolash bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishning natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Surxondaryo va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 n-d/329 27 dekabr` 2019 yildagi xulosasi). 
Gidrotsefaliyali spinal dizrafizm mavjud bemor bolalarda aniqlangan tashxisot mezonlarini hisobga olib bajarilgan kompleks tashxisot va differensirlangan davolash, davolashning noxush natijalarini 2,7 martaga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish