Jo‘raev Murod Maxmarajab o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polivinilxlorid plastikat asosidagi yangi ionitlarning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 – Fizik kimyo, 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/K.146. 
Ilmiy rahbarlar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid asosida yangi sul`fokationit olinish jarayonini va xossalarini fizik-kimyoviy jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor granulalangan plastikat polivinilxloridni oltingugurt va kal`siy polisul`fid ishtirokida modifikatsiyalashning kinetik parametrlari aniqlangan va maqbul sharoitlari topilgan;
tarkibida oltingugurt tutgan polimer materialni sul`fid guruhlarini sul`fo guruhgacha oksidlab sul`fokationit olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan sul`fokationitning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish orqali yuqori sorbsion xossaga, termik va mexanik barqarorlikka ega ekanligi aniqlangan hamda sul`fokationit xossalari sanoat miqyosida qo‘llaniladigan KU-2-8 kationitiga yaqin ekanligi isbotlangan;
sul`fokationitlarga kal`siy (II), magniy (II) va mis (II) ionlari ionlari yutilishining kinetik hamda termodinamik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polivinilxlorid plastikati asosidagi yangi sul`fokationitni fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologik eritmalarni tozalash usuli «MAXAM-CHIRCHIQ» AJda amaliyotga joriy qilingan («MAXAM-CHIRCHIQ» AJning 2020 yil 13 fevraldagi 19-15/09A-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlardan metall ionlarni ajratib oluvchi mini uskuna yaratish imkonini bergan;
sintez qilingan sul`fokationit «MAXAM-CHIRCHIQ» AJda amaliyotga joriy qilingan («MAXAM-CHIRCHIQ» AJning 2020 yil 13 fevraldagi 19-15/09A-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidagi oraliq metall mis (II), temir (III), nikel` (II) va xrom (III) ionlarnini miqdorini 10% gacha kamaytirish imkonini bergan;
polivinilxlorid asosida olingan sul`fokationit IOT-2017-7-4 raqamli «Sorbentlar asosidagi termik barqaror tuzlardan, gazlarni tozalashda qo‘llaniladigan, metildietanolaminni tozalovchi fil`tr element» mavzusidagi loyihada gazlarni tozalashda qo‘llanadigan metildietanolaminni ifloslantiruvchi termik barqaror tuzlarning termik barqaror tuzlardan tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2585-son ma’lumotnomasi). Natijada, metildietanolaminni tozalash va uni qayta ishlatish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish