Bo‘ronov Suhrob Mahammadi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida O‘zbekiston ishtirokining geosiyosiy jihatlari», 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss153.
Ilmiy rahbar: Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Dsc.03/30.12.2019.ss/tar/21.02.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Abdusamat Axadovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Raximov Mirzohid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish jarayonlarida O‘zbekiston geosiyosatini yoritib berish va O‘zbekistonning Afg‘onistonga oid tashqi siyosiy faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Afg‘oniston muammosini hal etishda O‘zbekistonning aniq, chuqur o‘ylangan va strategik jihatdan asoslangan pragmatik tashqi siyosati va geodiplomatiya yondashuvlari afg‘onlararo, mintaqaviy va xalqaro darajadagi mexanizmlar asosida isbotlab berilgan; 
transafg‘on koridorini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan zamonaviy temir yo‘l loyihalarining ikki mamlakat va butun mintaqa uchun strategik ahamiyati, geosiyosiy jihatlari hamda ushbu loyihalarni amaliyotga tadbiq etishda mintaqa davlatlarini o‘z ichiga olgan yuqori darajadagi uchrashuvlar tashkil etish va ko‘p tomonlama shartnomaviy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish lozimligi isbotlangan;
O‘zbekistonning Afg‘onistonda energetika va boshqa infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda to‘plagan juda katta tajribasi va yetakchi salohiyatini hisobga olgan holda Markaziy Osiyo energetika loyihalarini muvofiqlashtirib, Afg‘oniston orqali Janubiy Osiyo bozorlariga eksport qilishda O‘zbekiston mintaqaviy diplomatiyasidan kengroq foydalanish zarurati asoslab berilgan; 
O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishda siyosiy muzokaralarga barcha afg‘on siyosiy kuchlarini jalb etish, Afg‘onistondagi vaziyatga daxldor tashqi kuchlar o‘rtasida murosa va muvozanatga erishish hamda qo‘shni davlatlar bilan ochiq, do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish jarayonlaridagi faol ishtiroki dalillangan;
O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarini yanada rivojlantirishga oid «Strategik sheriklik shartnomasi»ni tuzish, Markaziy Osiyo mintaqasiga Afg‘onistonni kengroq jalb etish bo‘yicha «Markaziy Osiyo va Afg‘oniston davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvi», «Transafg‘on mintaqaviy forumi», «Markaziy Osiyo va Afg‘oniston» axborot-tahlil agentligini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida O‘zbekiston ishtirokining geosiyosiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida O‘zbekiston geosiyosiy ishtiroki bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 18/34118-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqalarni samarali rivojlantirish, Afg‘oniston muammosini hal etishda O‘zbekiston geodiplomatik paradigmalari hamda Afg‘onistonni Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish bo‘yicha xulosalarni asoslashga xizmat qilgan;    
O‘zbekistonning Afg‘oniston hududida zamonaviy transafg‘on temir yo‘l loyihalarini amalga oshirish, energetika va boshqa infratuzilmaviy loyihalarni amaliyotga tadbiq etish jarayonlarida mavjud bo‘lgan geosiyosiy omillar borasidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi elchixonasi tomonidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi elchixonasining 2020 yil 25 avgustdagi 003/918-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni takomillashtirishga xizmat qilgan;   
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘oniston muammosini hal etishga qaratilgan O‘zbekiston geosiyosiy yondashuvlari 2017-2020 yillarda bajarilgan №OT-F1-133 «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 6 iyuldagi №3/1255-1394-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyatini yoritib berilishiga xizmat qilgan;
ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kuchaytirish va xalq diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan axborot-tahliliy hujjatni tayyorlashda foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 8 iyundagi 01-04-755-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar xalq diplomatiyasi imkoniyatlarini yanada rivojlantirish va «O‘zbekiston-Afg‘oniston» do‘stlik jamiyatida «O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 26 yilligi»ga bag‘ishlangan tadbirni samarali  tashkil etishga xizmat qilgan; 
mintaqada vaziyatni barqarorlashtirishda O‘zbekiston olib borayotgan tashqi siyosat, O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlari bo‘yicha olingan nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida «Taqdimot» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 11 noyabrdagi 02-40-23-54-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan ochiq siyosati va tashabbuslarining mazmun-mohiyatini aholiga xolisona etkazishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish