Xazratov Alisher Normurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Grunt o‘zanli sug‘orish kanallarining gidravlik hisobini takomillashtirish», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1490.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xamitxon, texnika fanlari doktori, professor; Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot - Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi grunt o‘zanli sug‘orish kanallarining gidravlik hisobini oqim gidravlik parametrlarining o‘zgaruvchanligini va oqimning tashuvchanlik qobiliyatini hisobga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
grunt o‘zanli kanalni gidravlik hisoblash usuli, ekspluatatsiya davrida oqim parametrlarining o‘zgaruvchanligini va tashuvchanligini inobatga olib takomillashtirilgan;
dinamik mustahkam kanallarda oqimning nisbiy tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usuli oqiziqlarning energetik holatini inobatga olib takomillashtirilgan; 
grunt o‘zanli kanal parametrlarini  hisoblash algoritmi oqiziqlar tarkibiy qismini inobatga olib ishlab chiqilgan; 
grunt o‘zanli kanallarda kanal ko‘ndalang kesimining nisbiy deformatsiya miqdorini prognozlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Grunt o‘zanli sug‘orish kanallarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqimning loyqa tashuvchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda takomillashtirilgan gidravlik hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Mirishkor irrigatsiya tizimi boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 04/20-1726-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orish kanalining ekspluatatsiya sharoitida deformatsiya jarayonlarini prognozlash imkoniyati yaratilgan;
dinamik mustahkam kanalni gidravlik hisoblash usulidan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashkadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 04/20-1726-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mirishkor kanalini loyqadan tozalash ishlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
grunt o‘zanli kanal parametrlarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilib Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “UZGIP” MChJ, “Gidroproekt” AJ va “Oqsuv–Zarafshon irrigatsiya” MChJlarda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 04/20-1726-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orish kanallarini loyihalash ishonchligini oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish