Matchonov Oybek Qo‘chqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta texnik chigiti namligini kamaytirish jarayonini energetik samaradorligini oshirish», 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1835.
Ilmiy  rahbar: Ibragimov Matkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Yusubaliev Ashurboy, texnika fanlari doktori, professor; Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektr kontaktli qizitish usuli bilan paxta texnik chigiti namligini kamaytirish va jarayonni energetik samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta texnik chigit namligini kamaytirish jarayonini elektr kontaktli ishlov berish asosida energetik samaradorligini oshirish imkonini beruvchi energiya tejamkor elektrotexnologiya ishlab chiqilgan; 
texnik chigit namligini kamaytirish jarayonini energetik samaradorligini oshirishning elektr kontaktli usulida paxta texnik chigiti saqlanishi va ishlab chiqarilgan mahsulotga elektr energiya sarfi kamayishi aniqlangan; 
paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berishda paxta texnik chigitini ishlab chiqarish texnologik liniyasi uchun elektr kontaktli ishlov berish uskunasi ishlab chiqilgan;
elektr kontaktli qizitish va konvektiv shamollatish ta’sirida namlikni kamaytirish kamerasida chigit qatlamidagi issiqlik va massa almashinuv jarayonlarinining imitatsion modeli ishlab chiqilgan; 
elektr kontaktli qizitish usulida uskunaning birlamchi kuchlanishi, tok kuchi, ikkilamchi kuchlanishi va issiqlik ajralib chiqishini hisobga olgan holda texnik chigit namligini kamaytirish jarayonining rejimlari va parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta texnik chigiti namligini kamaytirish jarayonini energetik samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
paxta texnik chigit namligini kamaytirishning energiya tejamkor elektr texnologiyasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJda  joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 16 iyundagi 05-20/2114­son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta texnik chigitini ishlab chiqarishda uning namligini odatdagidan 6 % ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
paxta texnik chigitiga elektr kontaktli ishlov berish uskunasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJda joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 16 iyundagi 05-20/2114­son ma’lumotnomasi). Natijada, bu paxta texnik chigitini ishlab chiqarish texnologik liniyasida elektr energiya sarfini 33 % ga kamaytirishga imkon bergan;
elektr kontaktli qizitish va konvektiv shamollatish asosidagi quritish kamerasi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJda joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 16 iyundagi 05-20/2114­son ma’lumotnomasi). Natijada, 1000 tonna texnik chigit ishlab chiqarishda ish unumdorligini 5-7% ga oshirish va iqtisodiy samara olish imkoni yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish