Aminov Xamza Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori samarali ikki barabanli tola tozalash mashinasi yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1332.
Ilmiy rahbar: Maqsudov Erkin To‘htaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dedaxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ergashev Sharibboy To‘lanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tola tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish asosida uning tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tola tozalash jarayonining samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar soni va darajasini tahlil qilish asosida ikki bosqichli tola tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tola tozalash jarayonida uning samaradorligi jarayonga ta’sir qiluvchi ishchi qismlar soni va o‘lchamlariga bog‘liq ekanidan kelib chiqib, kondenser, ta’minlash taxtachasi va arrali silindrga ega bo‘lgan yuqori samarali tola tozalash agregati konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tolalarning ifloslikdan ajralish jarayoni tahlili asosida tola tozalagich ishchi organlarining tolani chiqindi tarkibiga o‘tib ketishini bartaraf qiluvchi ratsional parametrlari aniqlangan;
tolani tozalash jarayonining samaradorligiga arrali silindrlar sonining ta’sirini o‘rganish asosida ikki silindrli tola tozalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tola tozalashda arrali silindr arrasining tishlariga ilashgan tola bilan kolosnik o‘rtasidagi zarbali ta’sir tahliliga ko‘ra tola tozalagich ishchi organlarning tozalagich tozalash samaradorligini oshirishga imkon beradigan asosiy ishchi parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Takomillashtirilgan tola tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘g‘ri oqimli tola tozalagich konstruksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patentlari olingan (“Tola tozalagich”, FAP 01164, 13.12.2016 y.; “Tolali materialni tozalagich”, FAP 01165, 3.12.2016 y.; “Ikki bosqichli to‘g‘ri oqimli tola tozalagich”, FAP 01170, 04.01.2017 y.). Natijada, tolani tozalash samaradorligini oshirish va uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
takomillashtirilgan tola tozalagich «Bo‘ka paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 16 martdagi 03-18/1064-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada ishlab chiqarilgan tola tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalarning massaviy ulushi 1,93% ga kamaygan;
ikki silindrli tola tozalagich ratsional parametrlari «Bo‘ka paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 16 martdagi 03-18/1064-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmaning tozalash samaradorligini 37,7% gacha oshishiga, tolali chiqindilar miqdorining 16,8 % gacha kamayishiga erishilgan.