Imomov Otabek Normirzoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chust-Pop adirlari sharoitida ayrim foydali ozuqabop o‘simliklar bioekologiyasi», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V214.
Ilmiy rahbar: Raximova To‘raxon Uzaqovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.76.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Valijon, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chust-Pop  adirlarida istiqbolli ozuqabop o‘simliklar Salsola orientalis, Bassia prostrata, Krascheninnikovia ewersmanniana va Artemisia sogdianani sug‘orilmaydigan sharoitda ekib ko‘paytirib, ularning bioekologik xususiyatlarini asoslashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Salsola orientalis, Bassia prostrata, Krascheninnikovia ewersmanniana va Artemisia sogdiana o‘simliklarining Chust adirlari tuproq - iqlimi sharoitida biomorfologik, bioekologik xususiyatlari asoslangan;
ozuqabop o‘simliklarning laboratoriya va dala sharoitida urug‘lari unuvchanligi aniqlangan;
em-xashak o‘simliklarni abiotik omillarga bog‘liq mavsumiy maromlari ochib berilgan; 
tanlangan o‘simliklarning suv rejimini asosiy ko‘rsatkichlari ushbu hududda to‘laqonli aniqlanib, ularni qurg‘oqchil muhitga moslanish xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chust-Pop adirlari sharoitida ayrim foydali ozuqabop o‘simliklar bioekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Salsola orientalis S. G. Gmel. - keyreuk, Bassia prostrata (L.) Beck - kulrang izen, Krascheninnikovia ewersmanniana (Stschegl. ex Losinsk.) Grubov – eversman tereskeni va Artemisia sogdiana Bunge-sug‘d shuvog‘i o‘simliklari Chust-Pop adirlari iqlim sharoitlariga mos etishtirish usullari Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan «Chust-Bobir-Ibrohim» fermer xo‘jaligining adir yaylovlarida 5 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 iyuldagi 02/027-2218-son ma’lumotnomasi). Natijada, inqirozga uchragan adir yaylovlarida ozuqabop o‘simliklar mahsuldorligini 14 s/ga (tabiiy holda 3 s/ga) oshirish imkonini bergan; 
Ozuqabop o‘simliklarni yuza yaxshilash usuli yordamida ko‘paytirish Chust-Pop adirlari yaylovlarida 5 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 1 iyuldagi 02-02/8-1053-son ma’lumotnomasi). Natijada, inqirozga uchragan adir yaylovlarida ozuqabop o‘simliklar ekilgan maydonlarda tuproqlar eroziyasini oldini olish, ekosistemaning qayta tiklanishi va o‘simliklar xilma - xilligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish