Gapparov Furqat Axmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv omborlaridan foydalanishning gidravlik va gidrologik rejimini takomillashtirish», 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T317.
Ilmiy maslahatchi: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Xamidxon, texnika fanlari doktori, professor; Xujaev Ismatilla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv omborlaridan foydalanishning gidravlik va gidrologik rejimini suv omborlari hisobiy to‘lqin balandligini va foydali hajmi o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni inobatga olib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv omborlari foydali hajmi o‘zgarishini aniqlash usuli suv omborlaridagi loyqa-cho‘kindilarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
tog‘, tog‘oldi va tekislikdagi suv omborlari xududidagi meteorologik o‘zgarishlarni inobatga olib gravitatsion to‘lqin balandligini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
suv omborini foydali hajmini oshirishga erishishda gidravlik jarayonlarni inobatga olgan holda shamol-to‘lqin zarbini kamaytiruvchi parapet konstruksiyasi tavsiya etilgan va hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
suv omborlaridan samarali foydalanishda to‘ldirish va bo‘shatish rejimini hisoblash usuli suv ta’minoti rejimini inobatga olib takomillashtirilgan;
suv omborlarida suv balansi elementlarini inobatga olib eng maqbul gidravlik va gidrologik rejimini ta’minlashning hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv omborlaridagi gidravlik va gidrologik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda suv omborlarini eng maqbul to‘ldirish va bo‘shatish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv omborlari hududida shamol-to‘lqin rejimi elementlarini hisoblashning kompyuter dasturi va suv omborlari to‘g‘oni uchun xavfli bo‘lgan hisobiy to‘lqin balandligini aniqlash usuli Andijon, Toshkent, Talimarjon, Jizzax, Janubiy Surxon va Kattaqo‘rg‘on suv omborlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 dekabrdagi 02/25-4705-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlaridan foydalanishda suv sathini ko‘tarish orqali zaxiradagi suv miqdorini 10-15 foizgacha ko‘paytirish hamda suv omboridan havfsiz foydalanish imkoni yaratilgan;
suv omborida suv balansini tashkil etuvchi omillarni hisobga olgan holda suv omborlari foydali hajmini aniqlash usuli Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Langar, Qizilsuv, Qamashi, Qarabog‘, Nug‘ayli, Sho‘rabsoy, Sho‘rtan va Dehqonobod suv omborlarida, Namangan viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Jiydalisoy, Varzik, Eskier va Ko‘ksereksoy suv omborlarida, Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Toshkent suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 dekabrdagi 02/25-4705-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyqa-cho‘kindilar miqdorini aniq baholash va suv ombori foydali xajmini oshirish imkoniyati yaratilgan.
suv omborini foydali hajmini oshirishga erishishda gidravlik jarayonlarni inobatga olgan holda shamol-to‘lqin zarbini kamaytiruvchi parapet konstruksiyasini hisoblash usuli Kattaqo‘rg‘on va Jizzax suv omborlarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 dekabrdagi 02/25-4705-son ma’lumotnomasi). Taklif qilinayotgan parapetni o‘rnatgach Kattaqo‘rg‘on suv omborining foydali hajmi 39,75 mln. m3 ga, Jizzax suv omborining foydali hajmini 22,3 mln.m3 ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
suv omboridan foydalanishning gidravlik va gidrologik rejimini takomillashtirish, suv omborini eng maqbul to‘ldirish va bo‘shatishni amalga oshirish usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Langar, Qizilsuv, Qamashi, Qarabog‘ va Dehqonobod suv omborlarida, Namangan viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Jiydalisoy, Varzik, Eskier va Ko‘ksereksoy suv omborlarida, Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Toshkent suv omborida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 7 dekabrdagi 02/25-4705-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlari ekspluatatsion samaradorligini oshirish hisobiga 10-15 foizgacha suv resurslarini tejash va barcha iste’molchilarni ishonchli ravishda suv bilan ta’minlash imkoni yaratilgan.