Shoaxmedova Komola Nazrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik-funksional o‘zgarishlar va ortopedik stomatologik yordamni optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1257.
Ilmiy raxbar: Akbarov Avzal Nigmatillaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amxadova Malkan Abdurashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Upsala universiteti (Shvesiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik-funksional o‘zgarishlarni o‘rganish va ortopedik yordam taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘i patologiyasining kechish og‘irligi uremik intoksikatsiya darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi va mochevina darajasi oshishi ta’siri natijasida demielinatsiya xamda mikroglobulinli amiloidoz rivojlanishi jarayonlarini jadallashtiruvchi urogeparin metabolizmi va minerallar almashinuvi buzilishi oqibatida sodir bo‘lishi aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi bochqichi va gemodializ terapiyasining davomiyligini hisobga olgan holda uremik stomatit, giperesteziya, xeylit, petixiya va milklar qonashi klinik namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
fagotsitar tizimdagi o‘ziga xos o‘zgarishlar, lizotsim va sekretor immunoglobulinlar darajasini tekshirish bilan progressiv surunkali buyrak etishmovchiligi uchun patognomonik xos bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining mikrobiotsenozi va mahalliy immun tizimidagi og‘ishlarga aniqlik kiritilgan;
uremik toksinlar ta’siri natijasida oksidlovchi stress mahsulotlarining to‘planishi mahalliy immun tizimining uzoq muddatli faollashuviga olib kelishi, bu oxir-oqibat immunitet tanqisligi shakllanishi va og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozidagi patologik o‘zgarishlar shakllanishi bilan uning haddan tashqari susayib ketishi isbotlangan;
surunkali buyrak etishmovchiligida disbiotik hodisalarning xususiyati va og‘irligiga ta’sir qiluvchi og‘iz bo‘shlig‘i biotopi uchun o‘ziga xos bo‘lmagan muhim bakteriologik patogen omillar aniqlangan;
surunkali buyrak kasalligi fonida, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining rivojlanish xavfi prediktorlarini aniqlashda, maxalliy qon tomirlarining morfometrik holati parametrlarini, qon ta’minoti intensivligi va milklardagi mikrotsirkulyasiya holatini nazorat qilishning ahamiyati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi va og‘iz shilliq qavati patologiyasi bo‘lgan bemorlarga yuqori texnologik yordam ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Surunkali buyrak kasalligining og‘iz bo‘shlig‘i xolatiga ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/113-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar dializ olayotgan bemorlarda surunkali buyrak kasalliklarining og‘iz bo‘shlig‘i holatiga ta’siri mezonlarini aniqlashga imkon berdi va shu bilan, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash sifatini oshirishga imkon bergan;
“Ortopedik davolanayotgan yondosh buyrak patologiyasi bo‘lgan bemorlarda kichik qon tomirlarning morfometrik parametrlarini o‘rganishda va mikrotsirkulyasiyani vizual baholashda kompyuterli kapillyaroskopiyani qo‘llash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/113-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar buyrak patologiyasi bo‘lgan va ortopedik davolanayotgan bemorlarda, ayniqsa kasallikning og‘ir kechishida, instrumental tekshirish sifatini oshirishga imkon bergan;
Surunkali buyrak kasalligi fonida og‘iz shilliq qavati patologiyasi bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatiladigan stomatologik yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va transplantologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda 5-sonli Toshkent shahar stomatologiya poliklinikasi faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 8n-z/113-son ma’lumotnomasi). Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda og‘iz shilliq qavati kasalliklarini davolash bo‘yicha taklif etilgan kompleks yondashuvni qo‘llash protezga moslashish vaqtini 36 foizga qisqartirishga, protez stomatit rivojlanish xavfini 49,5 foizga kamaytirishga imkon bergan.