Karimova Vasila Vaxobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayol jinsidagi qarindoshlik va yaqinlik ma’nolari tizimi mantiqiy-lisoniy kategoriya sifatida», 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2019.4. PhD/Fil.1074.
Ilmiy rahbar: Berdialiev Abduvali filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Maxfuza Inomovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Mazkur tadqiqotda ayol jinsidagi qarindoshlik va yaqinlik tizimini o‘ziga xos mantiqiy-lisoniy kategoriya sifatida o‘rganishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillarida ayol jinsiga xos qarindoshlik va yaqinlik mantiqiy-lisoniy kategoriyasi xotin, qaynona, qaynisingil, ovsin, kundosh, quda, egachi (opa), kelinoyi kabi  ifoda vositalari mikrotizimiga xos mental, milliy, sotsial jihatdan o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan;
o‘rganilayotgan tillarda ayol jinsiga xos qarindoshlik  va yaqinlik kategoriyalari ma’nolari ifoda tizimining nikoh bilan bog‘liq, nikoh bilan bog‘liq bo‘lmagan funksional, semantik, mavzuiy mikrotizimlari yoritilgan;
qarindoshlik  va yaqinlik kategoriyalari ifoda vositalarining tik chiziqli (vertikal), yon chiziqli (gorizontal) munosabatlari, bu tizim a’zolarining suppletivizm, giperonimiya, giponimiya, ekvonimiya hodisalariga munosabati,  ularning o‘zaro bog‘liqligi dalillangan;
funksional, mavzuiy, semantik mikrotizimlarni tashkil etuvchi leksema ma’nolarining ierarxik tuzilishida aniq va noaniq semantik komponentlar mavjudligi isbotlangan, xotin, qaynona, qaynisingil, quda, egachi (opa) leksemalarining etimologik ma’nolari yoritilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
biologik jins, shuningdek, kimga qarashliligi jihatlaridan farq qilmaydigan tik va yon chiziq qarindoshlik ma’nolarini bildiruvchi atamalar haqida ma’lumotlardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2017-2018 yillarda bajarilgan “Piloting ECVET to the National VET system of Russia and Uzbekistan” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30-oktyabrdagi  89-03-4203-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari uchun tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma  qarindoshlik atamalarining paradigmasiga oid ma’lumotlar bilan mukammallashtirilgan. 
ayol jinsiga xos qarindoshlik va yaqinlik kategoriyalari ifoda vositalarining suppletivizm, giperonimiya, giponimiya va ekvonimiya hodisalariga munosabatiga oid fikrlardan XID-1-29- sonli  “O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining nofilologik fakul`tetlarida bakalavr yo‘nalishi uchun nemis tili fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishga oid darslikni yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30-oktyabrdagi  89-03-4204 sonli ma’lumotnomasi).Natijada yaratilgan darslik faktik materiallar bilan boyitilgan; 
til taraqqiyoti va uning ijtimoiy ahamiyatiga oid dissertatsiya xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan  va efirga uzatilgan «Millat va ma’naviyat», «Bedorlik» eshittirishlari ssenariysini yaratishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 04-25-2261-son ma’lumotnomasi). Natijada ayni eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyitilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish