Avezov Muhiddin Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polipoz rinosinusitlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib618.
Ilmiy rahbar: Djabbarov Karim Djabbarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Krivopalov Aleksandr Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polipoz rinosinusit kasalligining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish orqali tashxislashni takomillashtirish va davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarning burun shilliq qavati mukotsiliar transport, hid bilish va nafas olish funksiyasining pasayishi vegetativ tonusini bilani bog‘liqligi sababli kasallik kechishini og‘irlashtirishi aniqlangan; 
polip to‘qimasi va qon zardobi tarkibidagi r53 oqsili, EGF, VEGF va VEGFR-2 miqdorining o‘zgarishi va morfo-funksional holati o‘zaro bog‘liqligi sababli polipoz rinosinusit kechishi va ravojlanishini belgilovchi omil ekanligi isbotlangan; 
davolash jarayonida fotodinamik lazerterapiyani qo‘llash orqali burun va yondosh bo‘shliqlari shilliq qavati regeneratsiyasining yaxshilanishi endoskopik tekshiruvlar asosida isbotlangan;
vegetotrop davolash usullarini qo‘llash qon zardobidagi sitokinlar miqdorining me’yorlashuvi kasallikda qaytalanishlar muddatlarining uzayishi orqali polipoz rinosinusitning kompleks davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polipoz rinosinusitlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Polipoz rinosinusitlarni tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30 may 2018 yil 8n-r/154-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma polipoz rinosinusiti bo‘lgan bemorlarni tashxislash samaradorligini zamonaviy usullarni qo‘llash hisobiga oshirish imkonini bergan.
«Polipoz rinosinusitlarni tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 8 oktyabr 2020 yil 8n-r/325-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma polipoz rinosinusitlarni tashxislash, davolash va qaytalanishini oldini olish, qaytalanish muddatlarini uzaytirish va bashoratlash orqali bemorlarning hayotiy sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon bergan;
polipoz rinosinusitlarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, 1-son Toshkent shahar klinik shifoxonasi LOR-bo‘limlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqn saqlash vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/125-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi vazomotor polipoz rinosinusiti bo‘lgan bemorlar tashxislash va kompleks davolash usullarini takomilashtirish, kasallikni qaytalanish sonini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish