Hayitov Shavkat Ahmadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alisher Navoiy nasrida komil inson obrazi (ulug‘ shoir manoqiblari asosida)», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil167.
Ilmiy maslaxatchi: Salohiy Dilorom Isomiddin-qizi filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Imomnazarov Muhammadjon, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor, Jo‘raev Habibullo Abdusalomovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: Mazkur tadqiqotda Alisher Navoiyning manoqib janridagi nasriy asarlarida komil inson obrazi talqinini islomiy-irfoniy manbalar asosida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy nasriy asarlaridagi komil inson haqidagi qarashlarning manbalari aniqlanib, manoqib janri tabiati shoirning Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammadga bag‘ishlangan asarlari misolida asoslangan;
Navoiy nasrida ilm va ijod ahli, so‘fiylar, futuvvat maslagi vakillari hamda bir qator ijtimoiy tabaqa vakillarining barkamol shaxs timsoli sifatida badiiy talqin qilinganligi ilmiy asoslab berilgan;
Navoiyning Husayn Boyqaro, temuriy shahzodalarning darvesh va oriflarga, ilm va ijod ahliga munosabatini yoritishga bag‘ishlangan talqinlari zamirida irfoniy tafakkur bilan jamiyatni poklash va adolat ustuvorligiga erishish g‘oyasi yotganligi dalillangan;
Naqshbandiya ta’limotining g‘oyaviy asoslariga tayangan holda Alisher Navoiy manoqiblari mag‘zidagi ramziy-istioraviy ifodalarning majoziy va irfoniy ma’nolari badiiy matn misolida ochib berilgan;
Buyuk mutafakkirning nasriy uslubi, poetik mahorati qirralari, komil inson obrazini yaratishdagi kashfiyotlarining axloqiy-falsafiy mohiyati ochilib, zamonaviy ahamiyati ko‘rsatilgan;
Alisher Navoiyning darvesh shaxsiga munosabati, bundan ko‘zda tutgan maqsadi, adib nasridagi darvesh siymosining ijtimoiy-axloqiy mohiyati, shoir shaxsiyati, ruhiyati, diniy e’tiqodi, ma’naviy dunyoqarashi masalalari uning manoqiblari asosida yangi davrimiz milliy g‘oyasi tamoyillari va tavsiyalari nuqtai nazaridan yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alisher Navoiy nasrida komil inson obrazi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida::
istiqlol davri o‘zbek adabiyotining g‘oyaviy-badiiy, shakliy-uslubiy xususiyatlarini Alisher Navoiy poetik kashfiyotlariga qiyosan tadqiq qilishda F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil, 4 fevraldagi 89-03-452-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqlol davri o‘zbek adabiyoti poetik taraqqiyotida mumtoz adabiyot an’analarining badiiy sintezi muhim ahamiyat kasb etganini asoslashga erishilgan;
ramziy-istioraviy ifodalarning komil inson talqinidagi o‘rni, majoziy va irfoniy ma’nolariga oid badiiy matnlar tahlili bo‘yicha olingan natijalardan F-1-135 raqamli «Alisher Navoiy asarlari konkordansining ilmiy-uslubiy tadqiqi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil, 4 fevraldagi 89-03-452-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy nasri va she’riyatining lisoniy xususiyatlari, ulug‘ shoir asarlari tiliga bog‘liq bo‘lgan leksik va semantik qatlamlar tarkibini aniqlash, mumtoz matnga xos bo‘lgan ramziy birliklarni tahlil etish kabi qator muhim masalalar o‘z isbotini topgan;
ilohiy qudratga yuksak e’tiqod Alisher Navoiy fikr-qarashlarining mukammaligini ta’minlaganligi, etuk inson shaxsiga xos aql-iroda, sabot va chidam, shijoat va jasorat fazilatlarining badiiy inkishofi uchun keng yo‘l ochganligi haqidagi natijalardan F1XT-0-19919 raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil, 4 fevraldagi 89-03-452-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi badiiy ijodda tipologiya, og‘zaki ijod bilan yozma adabiyotning o‘zaro ta’siri, shakllanishi, takomili, xususiyatlari va qonuniyatlarini ilmiy baholash imkonini bergan;
Alisher Navoiy qalamiga mansub “Xamsatul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” manoqiblarining g‘oyaviy-badiiy tahliliga oid ilmiy-nazariy qarashlardan ITD-1-098 raqamli «Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil, 4 fevraldagi 89-03-452-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar asosida Alisher Navoiy adabiy merosi yosh avlod tarbiyasi va takomilida muhim manba ekanligi xususidagi ilmiy-nazariy qarashlarni boyitishga erishilgan;
Alisher Navoiyning nasriy asarlari, manoqiblari tahlillaridan A1-152 raqamli «Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil, 4 fevraldagi 89-03-452-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar Alisher Navoiy shaxsi, hayot yo‘li, nasriy uslubi xususidagi fikrlarni to‘ldirish va yanada aniqlashtirish uchun asos bo‘lgan. Natijada mazkur qo‘llanma ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
tadqiqotdagi Alisher Navoiyning Abdurahmon Jomiy haqidagi “Xamsatul-mutahayyirin” asaridagi tahlil va qarashlardan Tojikiston Respublikasi huquq, biznes va siyosat universitetining tojik tili kafedrasida 2016-2019 yillarda bajarilgan fundamental loyihada foydalanilgan (Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetining 2020 yil, 20 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada umuminsoniy masalalar talqinidagi milliy, diniy, ma’rifiy qarashlarni umumlashtirish; adabiy aloqalar, o‘zaro ta’sir tarixini maxsus o‘rganish, jomiyshunoslik va navoiyshunoslikka oid tadqiqotlar yaratish yuzasidan to‘g‘ri va aniq xulosalar chiqarishga erishilgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining «Xayrli kun», «Tarixiy savol» teleko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil, 16 yanvardagi 02 14 111-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil fikrli barkamol avlodni voyaga etkazishda Navoiy nasriy asarlarining beqiyos ahamiyati, temuriylar davrida faoliyat ko‘rsatgan ijtimoiy toifalarning axloq-odobi, vazifalari, huquq va burchlari xususidagi fikr-qarashlar yanada kengroq ommalashishiga yo‘l ochgan.